https://oz.sputniknews.uz/20260114/qurolli-kuchlar-moscow-elchixona-brifing-54794111.html
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Vatan himoyachisi kuniga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Vatan himoyachisi kuniga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada O‘zbekiston Qurolli Kuchlari 34-yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan brifing o‘tkazildi. Islohotlar va harbiy siyosat muhokama qilindi.
2026-01-14T12:53+0500
2026-01-14T12:53+0500
2026-01-14T14:25+0500
rossiya
oav
o‘zbekiston – 2030 strategiyasi
harbiylar
rossiyadagi elchixona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0e/54793282_0:241:2560:1681_1920x0_80_0_0_deed35b7fadff84c5d8ff37a54b92b19.jpg
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. 13-yanvar kuni O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.Tadbirda Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari, Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlarning harbiy attashelari, ekspertlar va jamoat arboblari, shuningdek, Rossiya ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.Brifingda so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida milliy armiyaning qiyofasi va salohiyati tubdan o‘zgargani ta’kidlandi. Bugungi kunda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari mamlakat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashga qodir qudratli kuchga aylangani qayd etildi.Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro huquq normalari va milliy qonunchilikka asoslangan holda tinchliksevar, moslashuvchan va pragmatik harbiy siyosat olib borayotgani ta’kidlandi.Brifingda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar alohida qayd etildi. Rossiya tomoni vakillariga respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani yanada rivojlantirish, shuningdek, mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston – 2030 strategiyasini takomillashtirish jarayoni haqida ma’lumot berildi.Shu bilan birga, ishtirokchilarga milliy armiyada olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260113/prezident-chirchiq-aviatsiya-zavod-tashrif-54780336.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0e/54793282_0:0:2560:1920_1920x0_80_0_0_0f5cfa53f02935a212f8bf2501414e61.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qurolli kuchlari, 34-yillik, vatan himoyachilari kuni, moskva brifingi, o‘zbekiston elchixonasi moskva, harbiy islohotlar, o‘zbekiston–2030, milliy armiya, rossiya o‘zbekiston hamkorligi
o‘zbekiston qurolli kuchlari, 34-yillik, vatan himoyachilari kuni, moskva brifingi, o‘zbekiston elchixonasi moskva, harbiy islohotlar, o‘zbekiston–2030, milliy armiya, rossiya o‘zbekiston hamkorligi
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Vatan himoyachisi kuniga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi
12:53 14.01.2026 (yangilandi: 14:25 14.01.2026) Brifingda Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari, harbiy attashelar hamda OAV ishtirok etdi. Tadbirda sohadagi islohotlar, "O‘zbekiston–2030" strategiyasi va boshqa masalalar muhokama qilindi
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. 13 yanvar kuni O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari, Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlarning harbiy attashelari, ekspertlar va jamoat arboblari, shuningdek, Rossiya ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Brifingda so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida milliy armiyaning qiyofasi va salohiyati tubdan o‘zgargani ta’kidlandi. Bugungi kunda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari mamlakat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashga qodir qudratli kuchga aylangani qayd etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro huquq normalari va milliy qonunchilikka asoslangan holda tinchliksevar, moslashuvchan va pragmatik harbiy siyosat olib borayotgani ta’kidlandi.
Brifingda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar alohida qayd etildi. Rossiya tomoni vakillariga respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani yanada rivojlantirish, shuningdek, mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston – 2030 strategiyasini takomillashtirish jarayoni haqida ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, ishtirokchilarga milliy armiyada olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.