Turkiyada 80 nafar Gulen tarafdorlari qo‘lga olindi - video

Obuna bo‘lish
Vazir reydlar bir vaqtda bir necha yirk shaharlarda o‘tkazilgan.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Turkiyada kecha, 12-yanvar kuni Fathulloh Gulen tashkilotiga (FETÖ, Turkiyada terrorchi tashkilot deb topilgan) aloqadorlikda gumonlangan 80 dan ortiq odam hibsga olindi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya e’lon qildi.

"Bugun ertalab Istanbul, Anqara, Izmir, Diyorbakir va Balikesirda FETÖga qarshi operatsiyalarimiz davomida biz 81 gumondorni, jumladan, amaldagi hukumat amaldorlarini hibsga oldik", dedi Yerlikaya.

Turkiyada Gulen tashkiloti to‘qqiz yil oldin, 2016-yil 15-iyulda davlat to‘ntarishi uyushtirishga urinishda ayblanadi. To‘ntarishdan so‘ng Turkiyada 80 000 dan ortiq odam hibsga olingan va harbiy xizmatchilarni ham qo‘shib hisoblaganda taxminan 150 000 davlat xizmatchisi ishdan bo‘shatilgan yoki vaqtinchalik chetlashtirilgan. O‘sha paytda Qo‘shma Shtatlarda bo‘lgan Gulenning o‘zi (hozir vafot etgan) to‘ntarish urinishini qoralab, unga qarshi qo‘yilgan ayblovlarni rad etgan.
Yangiliklar lentasi
0