https://oz.sputniknews.uz/20260113/saint-petersburg-mehmonxona-muhojir-ish-hibs-54771908.html
Sankt-Peterburgda 1742 nafar migrant ro‘yxatdan o‘tkazilgan xostel fosh qilindi
Sankt-Peterburgda 1742 nafar migrant ro‘yxatdan o‘tkazilgan xostel fosh qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda xostel orqali 1742 nafar xorijlikni soxta ro‘yxatdan o‘tkazish ishi ochildi. MDH fuqarosi gumonlanib qo‘lga olindi.
2026-01-13T12:40+0500
2026-01-13T12:40+0500
2026-01-13T14:48+0500
migrantlar
migratsiya
rossiya
mdh
dunyo yangiliklari
politsiya
iiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/14/19323504_0:130:2685:1640_1920x0_80_0_0_60618648bb256208c5cec19a5d194735.jpg
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida politsiya tomonidan mehmonxona (xostel) orqali migrantlarni ommaviy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq holat fosh etildi va ish doirasida MDH davlatlaridan birining fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Xabarda aytilishicha, jinoyatga aloqador shaxslar kelganlarni xostelda ro‘yxatdan o‘tkazgan, ammo aslida ular ushbu manzilda yashamagan.Aniqlik kiritilishicha, MDH davlatlaridan birining fuqarosi noqonuniy migratsiyani tashkil etishda gumonlanib qo‘lga olingan. Xostelda o‘tkazilgan tintuv davomida mehmonlarning hujjatlari tekshirilib, ishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan materiallar olib qo‘yilgan.Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining chet el fuqarolarini soxta ro‘yxatga olish bilan bog‘liq moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251026/ozbekiston-tiv-52991625.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/14/19323504_163:0:2522:1769_1920x0_80_0_0_0c2fc64727b48dfe0774ea166ddc1abb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sankt-peterburg, noqonuniy migratsiya, xostel ro‘yxat, 1742 muhojir, rossiya ichki ishlar vazirligi, mdh fuqarosi, soxta ro‘yxat, migratsiya qoidalari, politsiya tekshiruvi
sankt-peterburg, noqonuniy migratsiya, xostel ro‘yxat, 1742 muhojir, rossiya ichki ishlar vazirligi, mdh fuqarosi, soxta ro‘yxat, migratsiya qoidalari, politsiya tekshiruvi
Sankt-Peterburgda 1742 nafar migrant ro‘yxatdan o‘tkazilgan xostel fosh qilindi
12:40 13.01.2026 (yangilandi: 14:48 13.01.2026) Aniqlangan holat bo‘yicha MDH davlatlaridan birining fuqarosi qo‘lga olingan.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida politsiya tomonidan mehmonxona (xostel) orqali migrantlarni ommaviy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq holat fosh etildi va ish doirasida MDH davlatlaridan birining fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, jinoyatga aloqador shaxslar kelganlarni xostelda ro‘yxatdan o‘tkazgan, ammo aslida ular ushbu manzilda yashamagan.
"Politsiyachilar jinoyatchilar kelganlarni Moiseyenko ko‘chasidagi xostelda ommaviy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazganini aniqladi, biroq aslida migrantlar u yerda yashamagan. Shu tariqa nazorat organlaridan 1742 nafar xorijlikning haqiqatda yashash joyi yashirilgan", — deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, MDH davlatlaridan birining fuqarosi noqonuniy migratsiyani tashkil etishda gumonlanib qo‘lga olingan. Xostelda o‘tkazilgan tintuv davomida mehmonlarning hujjatlari tekshirilib, ishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan materiallar olib qo‘yilgan.
Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining chet el fuqarolarini soxta ro‘yxatga olish bilan bog‘liq moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.