Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"Piar qilaman deb asirga tushdim" — ukrainalik harbiy qo‘mondonlik harakatlari haqida

© Sputnik / RIA NovostiPunkt vremennogo soderjaniya ukrainskix voyennoplennix
Punkt vremennogo soderjaniya ukrainskix voyennoplennix  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2026
Obuna bo‘lish
Ukrainalik harbiy asir Krasnoarmeyskda bayroq namoyishiga qaratilgan piar-rejalar haqida so‘zlab, bunday harakatlar foyda bermasligini qayd etdi
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Ukrainalik harbiy asir Andrey Ivanov Rossiya Qurolli kuchlari nazoratidagi Krasnoarmeysk (Pokrovsk) shahrida piar-aksiya o‘tkazishga urinish haqida ma’lumot berdi. Tegishli videoni Rossiya Mudofaa vazirligi e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, Ivanov Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan yuborilgan uch guruhdan birining a’zosi bo‘lgan. Ularning vazifasi Rossiya nazoratidagi hududda Ukraina bayrog‘ini ilib, shahar Ukraina armiyasi qo‘lida ekanini videoga olishdan iborat bo‘lgan.
"Biz Pokrovskka (Krasnoarmeysk — tahr.) ikki kishidan iborat uch guruh bo‘lib kirdik. Har bir guruhda Ukraina bayrog‘i va fuqarolik kiyimlari solingan rukzak bor edi. Vazifa Ukraina bayrog‘ini ilib, Pokrovsk Ukraina nazoratida ekanini ko‘rsatish edi. Ammo reja amalga oshmadi — ustimizda dron paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng qochishga majbur bo‘ldik. Qochish paytida esa Rossiya qo‘shinlari joylashgan hududga chiqib qoldim", — dedi asir.
U asir sifatida boshqa harbiylarga murojaat qilib, bunday piar-aksiyalarda qatnashmaslikka chaqirdi.
"Quroldosh birodarlarimga aytmoqchimanki, bunday ish qilmaslik kerak. Zelenskiy odamlarni bayroq ilish va Pokrovsk Ukraina nazoratida ekanini ko‘rsatish uchun yuborapti. Ammo bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", — dedi u.
E’lon qilingan videoda Rossiya harbiylari yo‘q qilingan jangari rukzagidan Ukraina bayrog‘ini olayotgani aks etgan.
Kadri iz osvobojdennogo Krasnoarmeyska, snyatie s visoti ptichyego poleta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ozod qilingan Krasnoarmeyskdan birinchi videolavha
Yangiliklar lentasi
0