https://oz.sputniknews.uz/20260112/ukraine-qazilmalar-tinchlik-qurol-tramp-bayonotlar-54744016.html
Ukraina qazilmalaridan $350 mlrd, tinchlikdagi siljish va quroldan daromad —Tramp bayonotlari
Ukraina qazilmalaridan $350 mlrd, tinchlikdagi siljish va quroldan daromad —Tramp bayonotlari
Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina mineral resurslaridan olinadigan daromad $350 mlrddan oshib ketishini aytdi. U tinchlik muzokaralari, qurol savdosi va AQSh–Ukraina kelishuvlari haqida bayonot berdi.
2026-01-12T11:05+0500
2026-01-12T11:05+0500
2026-01-12T11:07+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
donald tramp
nato
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0c/51183289_0:137:2535:1563_1920x0_80_0_0_edf834f5195a0e52086a7c013994f2d6.jpg
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. AQSh Ukraina mineral resurslaridan foydalanish orqali oladigan daromad 350 milliard dollardan sezilarli darajada oshadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlar savollariga javob bergan chog‘ida ma’lum qildi.Uning fikricha, Bayden ham aynan shunday yo‘l tutishi kerak edi.Ma’lum qilinishicha, AQSh va Ukraina 2025-yil 30-aprelda Ukraina tabiiy resurslari bo‘yicha shartnoma imzolagan. Hujjatga ko‘ra, AQSh Ukrainada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida boshqaruv va ulushlar "50/50" nisbatda taqsimlanadigan investitsiya jamg‘armasini tashkil etish rejalashtirilgan.Bitim o‘n yil davomida Ukraina rivojiga sarmoya kiritishni ham nazarda tutadi. Kiyevning AQShdan oladigan harbiy yordami esa Amerika tomonining mazkur jamg‘armaga qo‘shgan hissasi sifatida hisobga olinadi. 2025-yil iyul oyi o‘rtalarida Ukraina Vazirlar Mahkamasi foydali qazilmalarni qazib olishga investorlarni jalb qilish uchun muhim minerallar va yer qa’ri uchastkalari ro‘yxatini tasdiqladi.Tramp, shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish borasida muayan taraqqiyot borligini ta’kidladi.Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Ukraina mojarosi davomida NATOga qurol sotish orqali daromad olmoqda, biroq asosiy maqsad — insonlar hayotini saqlab qolish uchun mojaroni to‘xtatishdir.
https://oz.sputniknews.uz/20260107/trump-ukraine-vakil-kelishuv-54671037.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0c/51183289_136:0:2400:1698_1920x0_80_0_0_5dd0c9acb2e50d7f25b379b081e35546.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, ukraina, qazilmalar, mineral resurslar, 350 mlrd dollar, donald tramp, tinchlik muzokaralari, qurol savdosi, nato, harbiy yordam, investitsiya jamg‘armasi, siyrak yer elementlari, aqsh–ukraina kelishuvi
aqsh, ukraina, qazilmalar, mineral resurslar, 350 mlrd dollar, donald tramp, tinchlik muzokaralari, qurol savdosi, nato, harbiy yordam, investitsiya jamg‘armasi, siyrak yer elementlari, aqsh–ukraina kelishuvi
Ukraina qazilmalaridan $350 mlrd, tinchlikdagi siljish va quroldan daromad —Tramp bayonotlari
11:05 12.01.2026 (yangilandi: 11:07 12.01.2026) AQSh rahbari Ukraina bilan bog‘liq iqtisodiy va geosiyosiy jarayonlar bo‘yicha bir qator bayonotlar berib, qazilmalar, tinchlik muzokaralari va harbiy hamkorlikka to‘xtaldi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. AQSh Ukraina mineral resurslaridan foydalanish orqali oladigan daromad 350 milliard dollardan sezilarli darajada oshadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlar savollariga javob bergan chog‘ida
ma’lum qildi.
"Uyqusiragan Jo Bayden Ukrainaga 350 milliard dollar berdi va hech narsa olmadi. Men esa siyrak yer elementlarini qaytarib oldim. O‘ylashimcha, ancha katta qiymatni qaytarib oldim", — dedi Tramp jurnalistlarga.
Uning fikricha, Bayden ham aynan shunday yo‘l tutishi kerak edi.
Ma’lum qilinishicha, AQSh va Ukraina 2025-yil 30-aprelda Ukraina tabiiy resurslari bo‘yicha shartnoma imzolagan. Hujjatga ko‘ra, AQSh Ukrainada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida boshqaruv va ulushlar "50/50" nisbatda taqsimlanadigan investitsiya jamg‘armasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Bitim o‘n yil davomida Ukraina rivojiga sarmoya kiritishni ham nazarda tutadi. Kiyevning AQShdan oladigan harbiy yordami esa Amerika tomonining mazkur jamg‘armaga qo‘shgan hissasi sifatida hisobga olinadi. 2025-yil iyul oyi o‘rtalarida Ukraina Vazirlar Mahkamasi foydali qazilmalarni qazib olishga investorlarni jalb qilish uchun muhim minerallar va yer qa’ri uchastkalari ro‘yxatini tasdiqladi.
Tramp, shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish borasida muayan taraqqiyot borligini
ta’kidladi.
"Menimcha, biz oldinga siljiyapmiz", — dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Ukraina mojarosi davomida NATOga qurol sotish orqali daromad olmoqda, biroq asosiy maqsad — insonlar hayotini saqlab qolish uchun mojaroni to‘xtatishdir.