https://oz.sputniknews.uz/20260112/tashkent-harbiy-yurish-harakat-cheklov-54742876.html
Bugun Toshkentda tantanali harbiy yurish sabab ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi
Bugun Toshkentda tantanali harbiy yurish sabab ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi
Sputnik O‘zbekiston
12 yanvar kuni Toshkent shahrida Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 34-yilligi munosabati bilan harbiy piyoda yurish o‘tkaziladi. Shu sabab ayrim ko‘chalarda soat 11:00 dan 13:00 gacha harakat cheklanadi.
2026-01-12T09:48+0500
2026-01-12T09:48+0500
2026-01-12T12:43+0500
mudofaa vazirligi
o‘zbekiston
harbiylar
qurolli kuchlar
jamiyat
bayram
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0c/54741994_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_7b64331892de72d9fb0fab2b908513f5.jpg
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. 12-yanvar kuni Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarda soat 11:00 dan 13:00 gacha avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 34-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan poytaxtda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy bo‘linmalarining tantanali piyoda yurish marosimi bo‘lib o‘tadi.Harbiy bo‘linmalar dastlab boshlanish nuqtasidan “Parkent” va “Mustaqillik” ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, Amir Temur xiyobonidagi to‘xtash nuqtasiga yetib boradi. U yerda faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqiriqlari hamda harbiy orkestrning defile namoyishlari o‘tkaziladi.Shundan so‘ng bo‘linmalar “Mustaqillik” va “Temiryo‘l” ko‘chalari orqali manziliga qaytadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251206/toshkentda-kavaleriya-paradi-bolib-otdi-foto-53997284.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0c/54741994_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_2c03ac8bfe225b52b9be107e1aeb442c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent shahri, avtotransport harakati cheklanadi, 12-yanvar, yo‘llar yopiladi, mudofaa vazirligi, vatan himoyachilari kuni, qurolli kuchlar 34-yilligi, harbiy piyoda yurish, amir temur xiyoboni, parkent ko‘chasi, mustaqillik ko‘chasi, temiryo‘l ko‘chasi, pushkin metro bekati
toshkent shahri, avtotransport harakati cheklanadi, 12-yanvar, yo‘llar yopiladi, mudofaa vazirligi, vatan himoyachilari kuni, qurolli kuchlar 34-yilligi, harbiy piyoda yurish, amir temur xiyoboni, parkent ko‘chasi, mustaqillik ko‘chasi, temiryo‘l ko‘chasi, pushkin metro bekati
Bugun Toshkentda tantanali harbiy yurish sabab ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi
09:48 12.01.2026 (yangilandi: 12:43 12.01.2026) Poytaxtda Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 34-yilligi munosabati bilan harbiy bo‘linmalarning tantanali piyoda yurishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. 12 yanvar kuni Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarda soat 11:00 dan 13:00 gacha avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 34-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan poytaxtda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy bo‘linmalarining tantanali piyoda yurish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Yurish Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetidan (mo‘ljal: “Pushkin” metro bekati) soat 11:00 da boshlanib, 13:00 ga qadar davom etadi.
Harbiy bo‘linmalar dastlab boshlanish nuqtasidan “Parkent” va “Mustaqillik” ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, Amir Temur xiyobonidagi to‘xtash nuqtasiga yetib boradi. U yerda faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqiriqlari hamda harbiy orkestrning defile namoyishlari o‘tkaziladi.
Shundan so‘ng bo‘linmalar “Mustaqillik” va “Temiryo‘l” ko‘chalari orqali manziliga qaytadi.