Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"Zelenskiy boshliq emas" — Kiyevda hokimiyat asli kimning qo‘lida? Tahlil

© © AP Photo / Evgeniy MaloletkaVladimir Zelenskiy
Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2026
Obuna bo‘lish
So‘rov natijalariga ko‘ra, ehtimoliy prezidentlik saylovlarida Zelenskiy eng yomon nomzod.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Vladimir Zelenskiy aslida hokimiyatni boshqarmaydi, u neonatsistlar tomonidan boshqariladi, dedi MRB sobiq tahlilchisi Larri Jonson o‘zining YouTube kanalida.
"Zelenskiy hokimiyatni boshqarmaydi. U shunchaki qo‘g‘irchoq. Zelenskiy birovning musiqasi ostida raqsga tushayotgan maymunga o‘xshaydi. Lekin dastakni kim aylantirmoqda? Menimcha bu O‘ng sektor* neonatsistlari deb ataluvchi ultramillatchilar. Ularning rahbarlari, Zelenskiyning sa’y-harakatlarni boshqarmoqda", - dedi Larri Jonson.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina isteblishmenti orasida Ukraina Qurolli Kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni va Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Valeriy Zalujniy ultra-millatchi guruhlar orasida eng katta obro‘ga ega. Rejim rahbariga esa millatchilar ishonchsizlik bilan qarashadi.
"Zelenskiyga qaraganda Zalujniy mafkuraviy jihatdan neonatsistlarga ancha yaqinroq. Zelenskiy bu partiyaga kech qo‘shildi va ochig‘i, menimcha, bu ultra-millatchilar unga umuman ishonishmaydi", deb qo‘shimcha qildi tahlilchi.
Ukraina ijtimoiy tadqiqotlar markazi tomonidan dekabr oyida o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, Zelenskiy ehtimoliy prezidentlik saylovlarida eng yomon nomzod.
Yangi davlat rahbari 2024-yil 31-martda saylanishi kerak edi, ammo saylovlar harbiy holat va umumiy safarbarlik tufayli bekor qilindi. Zelenskiyning vakolat muddati 2020-yil 20-mayda tugagan, ammo Kiyev rejim rahbari keyingi ovoz berishgacha qonuniy bo‘lib qolishini ta’kidlamoqda.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0