Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Qurolli kuchlari Zaporojedagi Zelenoe qishlog‘ini nazorat ostiga oldi

© Sputnik / Aleksey MayshevRossiyskie voyennoslujashie v zone spetsialnoy voyennoy operatsii.
Rossiyskie voyennoslujashie v zone spetsialnoy voyennoy operatsii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina qo‘shinlarining beshta qarshi hujumi qaytarildi.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiya armiyasining “Sharq” kuchlar guruhi bo‘linmalari Zaporoje viloyatidagi Zelenoe qishlog‘ini nazorat ostiga oldi. Ushbu aholi punktini ozod qilish katta taktik ahamiyatga ega, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Hujumchi bo‘linmalar sakkiz kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallab oldi. Havo razvedkasi yashirin pozitsiyalarni va yaqinlashib kelayotgan dushman zaxiralarini aniqladi.
Rossiya kuchlarining muvaffaqiyatli operatsiyasidan so‘ng, Ukraina alohida hujum guruhlaridan foydalanib, yo‘qolgan pozitsiyalarni qaytarib olishga urinish maqsadidida beshta qarshi hujum uyushtirdi. Barcha hujumlar qaytarildi. Ukraina Qurolli Kuchlari ko‘p sonli shaxsiy tarkib va ​​texnikani yo‘qotib chekindi.
O‘tgan hafta davomida Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hududlariga 4ta guruhi va bitta ommaviy hujum uyushtirdi. Natijada harbiy sanost va energetika obyektlari, aerodromlar, uchuvchisiz apparatlar ishlab chiqarish sexlari shikastlandi. Bu zarbalar Kiyev rejimining Rossiya prezidentining qarorgohiga uyushtirgan zarbasiga javob bo‘ldi.
3-9 yanvar davomida Rossiya qo‘shinlari guruhi Sumi viloyatidagi Grabovskoe aholi punktini, Xarkov viloyatida Podoli, DXRda Bondarnoe, Dnepropetrovsk viloyatida Bratskoe aholi punktlarini qo‘lga kiritdi.
O‘tgan haftada UQK yo‘qotishlari 8700 askarni, 143 ta tank va jangovar zirhli mashinalar, jumladan bitta Germaniyada ishlab chiqilgan “Leopard” tanki, 400dan ortiq avtomobillar, 54ta artilleriya qurollari, 14ta radar, 72ta o‘q-dori omborxonasini tashkil qildi.
Undan tashqari Chexiyaning 3ta “Vampire” yoppasiga o‘t ochish mashinasi, Germaniyaning “IRIS-T” va yana uchta zenit-raketa majmualari, 21 ta boshqariladigan aviatsiya bombasi, 14 ta AQShda ishlab chiqilgan HIMARS snaradlari, 5ta “Neptun” raketasi va 1327 ta uzoq masofali uchuvchisiz apparatlar yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0