Ehtiyojmand oilalarga 1,2 trln so‘m moddiy yordam berildi

© Sputnik / StringerPrirodniy gaz
Prirodniy gaz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2026
Obuna bo‘lish
Qish mavsumida kam ta’minlangan oilalarning elektr va gaz to‘lovlari uchun kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirildi.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Bir milliondan ortiq ehtiyojmand oilalarga elektr va tabiiy gazning oylik bazaviy meyordan ortiq to‘lovlarni kompensatsiya qilish uchun 1,2 trln so‘m moddiy yordam to‘lab berildi, deb xabar qilmoqda Ijtimoiy himoya agentligi.

2025 yilning noyabr oyida 1 mln 161 mingdan ortiq ehtiyojmand-oilalarga 1,2 trln so‘m bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi, deyiladi xabarda.

2025 yil 1-maydan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy meyoridan ortiq iste’mol qilgan 562,9 ming nafar ehtiyojmand oilaga 41,6 mlrd so‘m kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lab berildi. Shundan, elektr energiya uchun 30,0 mlrd so‘m va tabiiy gaz uchun esa 11,6 mlrd so‘m.
Ma’lumot uchun, 2024-2025 yilgi isitish mavsumidagi elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy meyoridan ortiq iste’mol qilgan 207 962 nafar ehtiyojmand oilaga 23,3 mlrd so‘m kompensatsiya pullari to‘lab berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda elektr energiyasi bo‘yicha oylik bazaviy meyor 200 kVt, tabiiy gaz bo‘yicha 100 m3ni tashkil qiladi. Lekin isitish mavsumida (noyabr-fevral oylarida) tabiiy gaz uchun bazaviy meyor 500 kub metrgacha oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0