O‘zbekistonning 2025-yildagi siyosiy va iqtisodiy yakunlari

Obuna bo‘lish
2025 yilda O‘zbekiston tashqi siyosatda faol harakat qilib, yangi diplomatik aloqalar o‘rnatdi va xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirdi
O‘zbekiston 2025-yilda xorijiy davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni kengaytirib, iqtisodiy va siyosiy aloqalarini yanada mustahkamladi.
Xususan, yil davomida Prezident tomonidan xorijiy davlatlarga 28 ta tashrif amalga oshirilgan bo‘lsa, O‘zbekistonga oliy darajada 23 ta tashrif qabul qilindi. Bu uzoq muddatli hamkorlik uchun yangi kelishuvlar va amaliy mexanizmlarni shakllantirishga xizmat qildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda o‘tkazilgan 10 ta nufuzli xalqaro tadbir mamlakatning xalqaro maydondagi faol pozitsiyasi hamda mintaqaviy va global o‘rnini egallashda katta rol o‘ynadi. Mamlakat 9 ta davlat bilan yangi diplomatik aloqalarni o‘rnatdi va hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirdi.
O‘zbekistonning 2025-yildagi eng muhim siyosiy va iqtisodiy yakunlari tafsilotlari bilan @SputnikUzbekistan infografikasida tanishing.
Yangiliklar lentasi
0