https://oz.sputniknews.uz/20260107/uzbekistan-bolalar-saint-petersburg-tatil-54674304.html
Ermitaj, Petergof va Faberje muzeyi: o‘zbekistonlik bolalar Sankt-Peterburgda ta’tilda
Ermitaj, Petergof va Faberje muzeyi: o‘zbekistonlik bolalar Sankt-Peterburgda ta’tilda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan kelgan bolalar guruhi Rossiyadagi Yangi yil ta’tili doirasida madaniy-ma’rifiy dasturda ishtirok etmoqda. Safar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar doirasida tashkil etilgan.
2026-01-07T14:44+0500
2026-01-07T14:44+0500
2026-01-07T14:44+0500
o‘zbekiston
rossiya
kasaba uyushmalari
tashrif
hamkorlik
yangi yil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/07/54673971_0:48:924:568_1920x0_80_0_0_46219cb80a9767c035c2e97403ed9248.jpg
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbekistondan 46 nafar bola va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslardan iborat guruh Sankt-Peterburgga yetib kelib, shahar bo‘ylab ekskursiya qildi hamda Planetariyga tashrif buyurdi. Bu haqda Rossiya Markaziy kasaba uyushmasining Solidarnost gazetasi xabar berdi.Yaqin kunlarda bolalar Ermitaj, Petergof, Yusupov saroyi, Faberje muzeyi, RJD muzeyi hamda Sankt-Peterburgning boshqa diqqatga sazovor madaniy maskanlariga ekskursiya qilishlari rejalashtirilgan.O‘zbekistonlik yoshlarning Rossiyaga tashrifi Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi taklifiga binoan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ko‘magida tashkil etildi. Ayni paytda O‘zbekistonlik bolalarning ikki guruhi Moskva va Sankt-Peterburgda Yangi yil ta’tilida bo‘lib turibdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260105/uzbekistan-oquvchilar-moscow-kelish-54646923.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/07/54673971_52:0:873:616_1920x0_80_0_0_db5537e360db04606bb9ee1a32c8a794.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonlik bolalar, sankt-peterburg, rossiya, yangi yil ta’tili, bolalar ekskursiyasi, ermitaj, petergof, kasaba uyushmalari, o‘zbekiston–rossiya do‘stligi, madaniy tashrif
o‘zbekistonlik bolalar, sankt-peterburg, rossiya, yangi yil ta’tili, bolalar ekskursiyasi, ermitaj, petergof, kasaba uyushmalari, o‘zbekiston–rossiya do‘stligi, madaniy tashrif
Ermitaj, Petergof va Faberje muzeyi: o‘zbekistonlik bolalar Sankt-Peterburgda ta’tilda
O‘zbekistondan kelgan bolalar guruhi Rossiyadagi Yangi yil ta’tili doirasida madaniy-ma’rifiy dasturda ishtirok etmoqda. Safar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar doirasida tashkil etilgan
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbekistondan 46 nafar bola va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslardan iborat guruh Sankt-Peterburgga yetib kelib, shahar bo‘ylab ekskursiya qildi hamda Planetariyga tashrif buyurdi. Bu haqda Rossiya Markaziy kasaba uyushmasining Solidarnost gazetasi
xabar berdi.
Yaqin kunlarda bolalar Ermitaj, Petergof, Yusupov saroyi, Faberje muzeyi, RJD muzeyi hamda Sankt-Peterburgning boshqa diqqatga sazovor madaniy maskanlariga ekskursiya qilishlari rejalashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, tashrif 10-yanvarga qadar davom etadi. 2025-yil yozida yuzdan ortiq rossiyalik bolalar O‘zbekistonga tashrif buyurgan. O‘zbekistonlik bolalarning Rossiyaga bu galgi safari javob tashrifi va do‘stlik ramzi hisoblanadi.
O‘zbekistonlik yoshlarning Rossiyaga tashrifi Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi taklifiga binoan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ko‘magida tashkil etildi. Ayni paytda O‘zbekistonlik bolalarning ikki guruhi Moskva va Sankt-Peterburgda Yangi yil ta’tilida bo‘lib turibdi.