O‘zbekiston velosporti: Rostovsev ASEAN Track Series musobaqasida birinchi o‘rinni egalladi

© Federatsiya velosipednogo sporta Sergey Rostovsev zavoyeval zolotuyu medal na "ASEAN TRACK SERIES"
Sergey Rostovsev zavoyeval zolotuyu medal na ASEAN TRACK SERIES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2026
Obuna bo‘lish
Sergey Rostovsev omnium dasturida g‘alaba qozonib, jahon chempionati hamda “Los-Anjeles–2028” Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolari yo‘lida muhim natija qayd etdi
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Malayziyada o‘tayotgan “ASEAN Track Series” musobaqalarining birinchi kunida omnium dasturi bo‘yicha bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi safida ilk bor ishtirok etgan Sergey Rostovsev g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu natija Sergey Rostovsev uchun jahon chempionatida ishtirok etish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston sportchilarining xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtiroki “Los-Anjeles–2028” yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun zarur bo‘lgan reyting ochkolarini jamg‘arishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan velotrek yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan omnium eng murakkab va nufuzli turlardan hisoblanadi. Ushbu dasturda muvaffaqiyat qozonish sportchidan yuqori darajadagi chidamlilik, taktik tayyorgarlik va tezkor fikrlashni talab etadi.
Uzbekistansi zanyali vtoroe mesto na turnire po tajeloy atletike v Katare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2025
O‘zbekiston og‘ir atletikachilari Qatardagi xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi
Yangiliklar lentasi
0