“Balki men popuzyanadirman?”: Cheburashka kim o‘zi?

© SoyuzmultfilmKadr iz m/f "Cheburashka i Krokodil Gena" (1971)
Kadr iz m/f Cheburashka i Krokodil Gena (1971) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2026
Obuna bo‘lish
“Boyqushnikidek katta sariq ko‘zlari bor, boshi quyonniki kabi yumaloq va kalta mayn dumli momiqqina noma’lum jonzot”- yozuvchi Uspenskiy kitobxonlarga Cheburashkani ilk marta shunday tanishtirgan edi
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Bu katta quloqli qahramonni har bir multfilm muxlisiga yaxshi tanish. Ammo u aslida kim? Sputnik Cheburashkaning paydo bo‘lish tarixini o‘rganib chiqdi va bu qahramonni O‘zbekistonda tomoshabinlar qanday qabul qilganini aniqladi.
Sovet Ittifoqida bu momiqqina qahramon bilan ilk bor 1966-yilda, Eduard Uspenskiyning “Timsoh Gena va uning do‘stlari” nomli birinchi kitobi chop etilganda tanishishgan. Kitob 20-avgustda nashr etilgan - o‘sha kundan boshlab bu sana Cheburashkaning tug‘ilgan kuni deb hisoblanadi.
Boyqushnikidek katta sariq ko‘zlari bor, boshi quyonniki kabi yumaloq va kalta “odatda kichkina ayiqchalarda bo‘ladigan” mayn dumli momiqqina noma’lum jonzot - yozuvchi Uspenskiy kitobxonlarga Cheburashkani ilk bor aynan shunday tasvirlab bergan. Kitobga yozgan so‘zboshida muallif bu qahramon uning bolalikdagi sevimli o‘yinchog‘i ekanligini aytib o‘tgan. Biroq, muallif yozishicha, Cheburashkani o‘yinchoq fabrikasida shunchalik yomon yasashganki, aslida u kim ekanligini - quyonmi, itmi, mushukmi yoki umuman Avstraliya kengurusimi - aytish qiyin edi.
Boshqa bir hikoyaga ko‘ra, Uspenskiyni Cheburashkani yaratishga do‘stining kichkina qizi ilhomlantirgan ekan. Qizaloq haddan tashqari katta va momiq po‘stinni kiyib tez-tez dumalab yiqilgan ekan. Navbatdagi yiqilishdan so‘ng, otasi: “Yana cheburaxlanding!”,- dedi. “Yiqilmoq” yoki “dumalab tushish” ma’nosini anglatadigan bu so‘z yozuvchiga juda yoqib qolib doimo qiziq sarguzashtlarga duchor bo‘ladigan personajning ismi hamda xarakteriga asos bo‘ldi.
Qizig‘i shundaki, dastlabki kitoblarda Cheburashka bugun biz ko‘rishga o‘rganib qolgan ko‘rinishidan butunlay boshqacha edi.
Cheburashkaning birinchi “badiiy otasi” illyustrator Valeriy Alfeyevskiy bo‘lgan.
© Valeriy Alfeyevskiy Cheburashka v knige "Krokodil Gena i yego druzya"
Cheburashka v knige Krokodil Gena i yego druzya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2026
Cheburashka v knige "Krokodil Gena i yego druzya"
Keyinchalik, rassom Boris Stepansev bu obraz ustida ishlaganida, Cheburashkaning quloqlari kattalashib, yo‘l-yo‘l dumi paydo bo‘lgan.
© Boris Stepansev Kadr iz diafilma Borisa Stepanseva "Krokodil Gena i yego druzya" (1969)
Kadr iz diafilma Borisa Stepanseva Krokodil Gena i yego druzya (1969) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2026
Kadr iz diafilma Borisa Stepanseva "Krokodil Gena i yego druzya" (1969)
Tanish, junli, quloqli personaj keyinchalik — animatsiya va Leonid Shvarsman tufayli shakllandi. Usta bu jonzot ustida ikki oydan ortiq ishlagan, vaholanki multfilmning o‘zini yaratish uchun besh oy kerak bo‘lgan.
© SoyuzmultfilmKadr iz m/f "Cheburashka i Krokodil Gena" (1971)
Kadr iz m/f Cheburashka i Krokodil Gena (1971) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2026
Kadr iz m/f "Cheburashka i Krokodil Gena" (1971)
Cheburashka birinchi marta 1969-yilda ekranlarda paydo bo‘lgan. Keyinchalik 1971, 1974 va 1983-yillarda yangi qismlari chiqarildi. Multfilmlar tezda tomoshabinlarni maftun etib, mamlakatdan tashqarida ham mashhur bo‘ldi. Cheburashka haqidagi hikoyalar Shvetsiya televideniyesida namoyish etildi, u yerda uni Drutten deb atashgan. Yaponiyada esa u barcha e’tirof etgan qahramonga aylandi. 2001-yilda u yerda multfilmning asl qismlari namoyish etildi, keyinchalik “Cheburashka” qahvaxonasi ochildi, hatto bir yapon kompaniyasi yangi animatsion loyihalarni tarqatish va yaratish huquqlarini sotib oldi.
Rossiyada esa, Cheburashka nafaqat kino va animatsiya qahramonidir. Hozirgi kunda u bir nechta ijtimoiy, madaniy va tashkiliy doiralarda faol ishtirok etmoqda. 2024-yilda Cheburashka Xalqaro yoshlar festivalining rasmiy ramziga aylandi. U do‘stlik, ochiqko‘ngillik va madaniyatlararo muloqot timsoli sifatida tanlandi. Cheburashka Rossiya olimpiya terma jamoasi va umuman olimpiya harakatining ramzi bo‘lgan edi. Bu qahramon ilk bor 2004-yildagi Olimpiya o‘yinlarida paydo bo‘lib, Afinada Rossiya terma jamoasining rasmiy ramziga aylangan. O‘shandan beri Cheburashka rossiyalik sportchilarga yana uchta Olimpiadada hamroh bo‘ldi: 2006-yilda Turinda, 2008-yilda Pekinda va 2010-yilda Vankuverda.
Qirq yillik tanaffusdan so‘ng, “Soyuzmultfilm” 2023-yilda Cheburashkani to‘liq metrajli filmda qaytardi, keyin esa qisqa metrajli davomlarida ham namoyish etdi. 2026-yilda voyaga yetgan Cheburashka yana katta ekranlarga qaytdi - filmning ikkinchi qismi hozirda Toshkent kinoteatrlarida namoyish etilmoqda. Zallar kunduzi ham tomoshabinlarga to‘la: filmni oilaviy - kattalar ham, bolalar ham tomosha qilishga kelishmoqda.
© SoyuzmultfilmKadr iz filma "Cheburashka"
Kadr iz filma Cheburashka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2026
Kadr iz filma "Cheburashka"
Yangi Cheburashka haqiqiy oilaviy filmga aylandi. U nafaqat ko‘ngil ochadi, balki oddiy, ammo muhim masalalar - qo‘llab-quvvatlash va har bir lahzani qadrlash haqida nozik tarzda tushuntiradi:
“Bugungi kun bilan yashash, hozir, ayni damda baxtiyor bo‘lish kerak”, - deya fikr bildiradi tomoshabinlardan biri.
Ko‘pchilik yuzida tabassum va ko‘zlarida sezilmaydigan yosh bilan chiqadi - voqeaning samimiyligi hech kimni befarq qoldirmaydi.
“O‘zim uchun xulosa chiqardim: oilalarimizni qadrlashimiz kerak”, - deb e’tirof etadi boshqa bir tomoshabin filmni ko‘rgandan so‘ng.
Cheburashka qahramon bo‘lishga intilmaydi - u shunchaki o‘zi bo‘lib qolaveradi. Biroz beso‘naqay, samimiy va doimo dunyoga ochiq. Aynan shu xislatlari uchun uni ilgari sovet televizori ekranlarida ilk bor ko‘rganlar ham, bugungi kunda kinoteatrlarda u bilan tanishayotgan bolalar ham sevishni davom etmoqda
Yangiliklar lentasi
0