https://oz.sputniknews.uz/20260107/nestle-mahsulotlar-qaytarib-olinish-54669305.html
Nestlé NAN va ALFARÉ mahsulotlarining ayrim partiyalari qaytarib olinmoqda
Nestlé NAN va ALFARÉ mahsulotlarining ayrim partiyalari qaytarib olinmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Nestlé kompaniyasi ehtimoliy xavflarni kamaytirish maqsadida O‘zbekistonda bolalar ozuqasining ayrim partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarmoqda. Qaysi mahsulotlar qaytarilayotgani va iste’molchilarga tavsiyalar.
2026-01-07T10:04+0500
2026-01-07T10:04+0500
2026-01-07T10:04+0500
oziq-ovqat
o‘zbekiston
jamiyat
xavfsizlik
sut
bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/726/26/7262612_0:318:3077:2048_1920x0_80_0_0_3620c11d553a6dc341ab9317ba922d5c.jpg
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. “Nestle Food” MChJ XK O‘zbekiston hududida bolalar ozuqasi mahsulotlarining cheklangan miqdorini ixtiyoriy ravishda qaytarmoqda. Gap tez eruvchan sutli va nordon sutli quruq aralashmalar, shuningdek aminokislotalar asosidagi maxsus diyetik davolash uchun mo‘ljallangan quruq aralashmalarning ayrim partiyalari haqida bormoqda.Ma’lum qilinishicha, mahsulotlarni qaytarib olish ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilmoqda. Bu Nestlé kompaniyasi tomonidan tashqi yetkazib beruvchidan olingan xom ashyoda (araxidon kislotasi) sereulid toksini bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liq ehtimoliy xavf aniqlangani ortidan dunyo bo‘ylab ayrim partiyalarni ixtiyoriy ravishda qaytarish bo‘yicha qabul qilingan global qaror doirasida amalga oshirilmoqda.Quyidagi mahsulot partiyalari qaytarib olinadi:Qayd etilishicha, mazkur ingrediyent miqdori juda kam bo‘lib, O‘zbekiston qonunchiligida oziq-ovqat mahsulotlarida sereulid toksini miqdorini normalash talab etilmagan. Kompaniya ta’kidlashicha, qaror ehtiyot chorasi sifatida hamda sifat va xavfsizlik bo‘yicha ichki protokollarga to‘liq muvofiq qabul qilingan. Ko‘rsatilgan partiyalarga mansub mahsulotlarni xarid qilgan iste’molchilar ularni belgilangan tartibda qaytarishlari mumkin.Qo‘shimcha ma’lumot uchun iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish so‘raladi: +998 78 120 20 55.
https://oz.sputniknews.uz/20251117/oziq-ovqat-sanitariya-xulosa-tartib-53529214.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/726/26/7262612_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_7b6e766043cb89f51799d7696fdaf1df.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nestlé, nestle food o‘zbekiston, bolalar ozuqasi, nan, nan optipro, nan kislomolochniy, nan supreme, alfaré amino, bolalar uchun quruq aralashmalar, bolalar ozuqasi xavfsizligi, mahsulotni qaytarish, o‘zbekiston bozori
nestlé, nestle food o‘zbekiston, bolalar ozuqasi, nan, nan optipro, nan kislomolochniy, nan supreme, alfaré amino, bolalar uchun quruq aralashmalar, bolalar ozuqasi xavfsizligi, mahsulotni qaytarish, o‘zbekiston bozori
Nestlé NAN va ALFARÉ mahsulotlarining ayrim partiyalari qaytarib olinmoqda
Nestlé kompaniyasi ehtimoliy xavflarni oldini olish maqsadida O‘zbekiston bozorida bolalar ozuqasi mahsulotlarining cheklangan partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarish choralarini amalga oshirmoqda
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. “Nestle Food” MChJ XK O‘zbekiston hududida bolalar ozuqasi mahsulotlarining cheklangan miqdorini ixtiyoriy
ravishda qaytarmoqda.
Gap tez eruvchan sutli va nordon sutli quruq aralashmalar, shuningdek aminokislotalar asosidagi maxsus diyetik davolash uchun mo‘ljallangan quruq aralashmalarning ayrim partiyalari haqida bormoqda.
Ma’lum qilinishicha, mahsulotlarni qaytarib olish ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilmoqda. Bu Nestlé kompaniyasi tomonidan tashqi yetkazib beruvchidan olingan xom ashyoda (araxidon kislotasi) sereulid toksini bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liq ehtimoliy xavf aniqlangani ortidan dunyo bo‘ylab ayrim partiyalarni ixtiyoriy ravishda qaytarish bo‘yicha qabul qilingan global qaror doirasida amalga oshirilmoqda.
Quyidagi mahsulot partiyalari qaytarib olinadi:
NAN 1 OPTIPRO – 51490346AB, 51750346AA, 51900346AE, 51760346AA, 52180346AB, 52670346AE, 52680346AD, 51500346BA, 51910346BA
NAN 2 OPTIPRO – 5172080622, 5206080621, 5298080624, 5205080661, 5206080661, 5289080661, 5290080661, 5204080611, 5205080611
NAN Kislomolochniy (0–12 oy) – 51230017A1
NAN Supreme (0–12 oy) – 5-partiya
ALFARÉ Amino – 51050017Y2, 51470017Y1, 52730017Y1
Qayd etilishicha, mazkur ingrediyent miqdori juda kam bo‘lib, O‘zbekiston qonunchiligida oziq-ovqat mahsulotlarida sereulid toksini miqdorini normalash talab etilmagan.
Shunga qaramasdan, Nestlé kompaniyasining ehtimoliy xavflarni kamaytirishga qaratilgan qat’iy siyosatidan kelib chiqib, “Nestle Food” MChJ XK 2026-yil 5-yanvardan boshlab ushbu mahsulot partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarish choralarini boshlagan.
Kompaniya ta’kidlashicha, qaror ehtiyot chorasi sifatida hamda sifat va xavfsizlik bo‘yicha ichki protokollarga to‘liq muvofiq qabul qilingan.
Ko‘rsatilgan partiyalarga mansub mahsulotlarni xarid qilgan iste’molchilar ularni belgilangan tartibda qaytarishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish so‘raladi: +998 78 120 20 55.