Afg‘oniston universitetida O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti ochiladi —cheklovlar rad etildi

© Djuzdjanskiy gosudarstvenniy universitetV gosuniversitete Afganistana planiruyetsya otkrit fakultet "Uzbekskiy yazik i literatura" v magistrature
V gosuniversitete Afganistana planiruyetsya otkrit fakultet Uzbekskiy yazik i literatura v magistrature - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2026
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston rasmiylari o‘zbek tili cheklanmaganini va Jouzjonda "O‘zbek tili va adabiyoti" magistraturasi ochilishi rejalashtirilayotganini bildirdi
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Afg‘oniston tarixida ilk bor Jouzjon davlat universitetida joriy yildan boshlab magistratura bosqichida "O‘zbek tili va adabiyoti" fakultetini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili O‘zbekiston TIV murojaatiga javoban ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur murojaat so‘nggi kunlarda ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistonda o‘zbek tili qo‘llanilishi cheklanayapti, degan xabarlar tarqalishi bilan bog‘liq.
Afg‘oniston rasmiylari ushbu ma’lumotlar asossiz ekanini ta’kidlab, mamlakat hududida o‘zbek tilidan foydalanishga nisbatan hech qanday cheklov mavjud emasligini bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda mamlakat bo‘ylab oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari peshtoqlaridagi yozuvlarni yagona standart asosida tartibga solish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu tartibga ko‘ra, ta’lim muassasalari peshtoqlaridagi yozuvlar butun mamlakat bo‘ylab pushtu, dariy va ingliz tillarida beriladi.
Shu bilan birga, mamlakatning shimoliy hududlari, jumladan Samangan universiteti uchun istisno tariqasida yozuvlar pushtu, dariy va o‘zbek tillarida aks ettirilishi belgilangan.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2025
Mirziyoyev O‘zbek tili korpusini yaratishni topshirdi
Yangiliklar lentasi
0