https://oz.sputniknews.uz/20260107/2025-yil-uzbekistan-investitsiya-54679006.html
2025 yilda O‘zbekistonga $43,1 mlrd investitsiya kiritildi — Rossiya ikkinchi yirik investor
2025 yilda O‘zbekistonga $43,1 mlrd investitsiya kiritildi — Rossiya ikkinchi yirik investor
Sputnik O‘zbekiston
2025 yilda O‘zbekistonga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Rossiyadan kelgan sarmoya 4,8 mlrd dollarga yetib, hamkor davlatlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
2026-01-07T17:04+0500
2026-01-07T17:04+0500
2026-01-07T17:04+0500
hamkorlik
rossiya
xitoy
turkiya
savdo
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0f/45206145_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_2521bac5e07cc2543f548bc287187736.jpg
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonga 4,8 milliard dollar sarmoya kiritib, ikkinchi yirik investor bo‘ldi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga o‘sib, 43,1 milliard dollarga yetgan. Ushbu mablag‘larning asosiy qismini 38,2 milliard dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, shuningdek, 4,9 milliard dollar xalqaro moliya institutlari mablag‘lari tashkil etgan.Eng yirik investor sifatida Xitoy yetakchilik qilmoqda — 15,5 milliard dollar, kuchli uchlikdan esa Turkiya ham o‘rin olgan — 2,6 milliard dollar.Avvalroq, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev 3-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Rossiya–O‘zbekiston hukumatlararo komissiya yig‘ilishida 2025-yilda Rossiyadan O‘zbekiston iqtisodiyotiga 5 milliard dollarga yaqin investitsiya kiritilishi kutilayotganini bildirgan edi.Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi baholashicha, O‘zbekiston kelgusida ham har yili Rossiyadan kamida 5 milliard dollar sarmoya jalb qilish niyatida. Ayni paytda Rossiya O‘zbekistondagi eng yirik investorlardan biri bo‘lib qolmoqda: Rossiya kompaniyalarining mamlakat iqtisodiyotiga kiritgan jami investitsiyalari 15 milliard dollardan oshgan, 360 ga yaqin qo‘shma loyiha portfeli esa qariyb 60 milliard dollarni tashkil etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251225/cis-investitsiyalar-osish-54455993.html
xitoy
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0f/45206145_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_cfd1995cd0fd756a38c66f0e3409ec1b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston investitsiyalari, rossiya investitsiyalari, 2025-yil, xorijiy investitsiyalar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, xitoy, turkiya, xalqaro moliya institutlari, iqtisodiy hamkorlik
o‘zbekiston investitsiyalari, rossiya investitsiyalari, 2025-yil, xorijiy investitsiyalar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, xitoy, turkiya, xalqaro moliya institutlari, iqtisodiy hamkorlik
2025 yilda O‘zbekistonga $43,1 mlrd investitsiya kiritildi — Rossiya ikkinchi yirik investor
2025 yilda O‘zbekistonga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi sezilarli o‘sib, Rossiya respublika iqtisodiyotiga eng ko‘p sarmoya kiritgan davlatlardan biri sifatida qayd etildi
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonga 4,8 milliard dollar sarmoya kiritib, ikkinchi yirik investor bo‘ldi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga o‘sib, 43,1 milliard dollarga yetgan. Ushbu mablag‘larning asosiy qismini 38,2 milliard dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, shuningdek, 4,9 milliard dollar xalqaro moliya institutlari mablag‘lari tashkil etgan.
Eng yirik investor sifatida Xitoy yetakchilik qilmoqda — 15,5 milliard dollar, kuchli uchlikdan esa Turkiya ham o‘rin olgan — 2,6 milliard dollar.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, investitsion ishonchning o‘sishi O‘zbekiston bozoriga dunyoning yetakchi brendlari kirib kelishi hamda asosiy hamkorlar — Xitoy, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAA bilan faol hamkorlik bilan tasdiqlanmoqda.
Avvalroq, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev 3-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Rossiya–O‘zbekiston hukumatlararo komissiya yig‘ilishida 2025-yilda Rossiyadan O‘zbekiston iqtisodiyotiga 5 milliard dollarga yaqin investitsiya kiritilishi kutilayotganini bildirgan edi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi baholashicha, O‘zbekiston kelgusida ham har yili Rossiyadan kamida 5 milliard dollar sarmoya jalb qilish niyatida. Ayni paytda Rossiya O‘zbekistondagi eng yirik investorlardan biri bo‘lib qolmoqda: Rossiya kompaniyalarining mamlakat iqtisodiyotiga kiritgan jami investitsiyalari 15 milliard dollardan oshgan, 360 ga yaqin qo‘shma loyiha portfeli esa qariyb 60 milliard dollarni tashkil etmoqda.