Toqayev O‘zbekiston va boshqa davlat rahbarlarining jismoniy holati haqida gapirdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii YeEF
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii YeEF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2026
Obuna bo‘lish
Qosim-Jomart Toqayev Shavkat Mirziyoyev hamda MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining jismoniy holati va sport bilan shug‘ullanishi haqida ma’lumot berdi
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev sport zalda muntazam shug‘ullanadi va yaxshi jismoniy holatda. Bu haqda Qosim-Jomart Toqayev “Turkistan” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Qozog‘iston prezidenti, shuningdek, MDH davlatlarining boshqa yetakchilari qaysi jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishini ham sanab o‘tgan.
Toqayevning aytishicha, Vladimir Putin yaqinda Bishkekda bo‘lib o‘tgan norasmiy tadbirda yosh dzudochiga qarshi usul qo‘llab, keksa avlod sharafini himoya qilgan. Ilhom Aliyev jismonan baquvvat bo‘lib, muntazam ravishda mashq qiladi. Sadir Japarov futbol o‘ynaydi. Shavkat Mirziyoyev yaxshi sport formasida bo‘lib, zalda mashg‘ulot o‘tkazadi. Nikol Pashinyan velosiped minish bilan shug‘ullanadi. Ma’lum bo‘lishicha, Aleksandr Lukashenko hali ham xokkey o‘ynaydi. Emomali Rahmon esa sog‘lig‘idan shikoyat qilmaydi, u dengizchi-jangchi sifatida chiniqqan.
“Shunday ekan, barcha hamkasblar ajoyib jismoniy formada”, — degan Toqayev intervyuda.
Kasim Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2025
Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz tranziti hajmini oshiradi — Toqayev
Yangiliklar lentasi
0