https://oz.sputniknews.uz/20260105/monopoliyalar-tugatilish-strategiya-muhokama-54639680.html
2030 yilgacha 16 turdagi davlat monopoliyasi bekor qilinadi
2030 yilgacha 16 turdagi davlat monopoliyasi bekor qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
2030 yilgacha mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida 16 ta davlat monopoliyasini bosqichma-bosqich bekor qilish, xususiy sektor ulushini oshirish va raqobat muhitini kuchaytirish rejalari belgilangan.
2026-01-05T10:58+0500
2026-01-05T10:58+0500
2026-01-05T14:34+0500
o‘zbekiston – 2030 strategiyasi
iqtisod
o‘zbekiston
jamiyat
tadbirkor
islohotlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/07/37650153_38:0:1121:609_1920x0_80_0_0_e1e6cbe05b06e4cba6b06e19289ebca2.png
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2030-yilga borib 16 turdagi davlat monopoliyasini bosqichma-bosqich bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda mamlakatning 2030-yilgacha mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida qayd etilgan.Hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.Iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 2026-yilga kelib 62 foizga, 2030-yilgacha esa 85 foizga yetkazish maqsad qilingan.Shuningdek, mahalliy tadbirkorlarga strategik ahamiyatga ega foydali qazilma konlarini berish amaliyoti kengaytiriladi. Oltin, kumush, rangli metallar, volfram, ko‘mir hamda noruda konlarga berilgan ruxsatnomalar soni to‘rt baravar oshirilishi rejalashtirilgan.Bundan tashqari, tovar, moliya, xizmat va raqamli bozorlarni qamrab olgan holda raqobat muhitini baholash amalga oshiriladigan sektorlar soni 20 taga yetkaziladi. Chakana savdoda esa xalq iste’mol tovarlarining sifat va xavfsizligini tekshirish uchun nazorat xaridlari soni 400 tagacha oshiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251231/ozbekiston-2030-strategiyasi-54583046.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/07/37650153_174:0:986:609_1920x0_80_0_0_04445c7fcb1de394e163ca2cdc0342c2.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston iqtisodiyoti, monopoliya, davlat monopoliyasi, raqobat muhiti, xususiy sektor, tadbirkorlik, iqtisodiy islohotlar, taraqqiyot strategiyasi 2030, bozor tamoyillari, davlat xaridlari, ochiq tender, nodavlat sektor, iqtisodiy liberallashtirish, o‘zbekiston strategiyasi
o‘zbekiston iqtisodiyoti, monopoliya, davlat monopoliyasi, raqobat muhiti, xususiy sektor, tadbirkorlik, iqtisodiy islohotlar, taraqqiyot strategiyasi 2030, bozor tamoyillari, davlat xaridlari, ochiq tender, nodavlat sektor, iqtisodiy liberallashtirish, o‘zbekiston strategiyasi
2030 yilgacha 16 turdagi davlat monopoliyasi bekor qilinadi
10:58 05.01.2026 (yangilandi: 14:34 05.01.2026) Davlat monopoliyalarini qisqartirish, iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish ko‘zlanmoqda.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2030-yilga borib 16 turdagi davlat monopoliyasini bosqichma-bosqich bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda mamlakatning 2030-yilgacha mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida
qayd etilgan.
Hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.
Strategiyadagi rejaga muvofiq, 2026-yilda oltita, 2027-yilda to‘rtta, qolgan yillarda esa har yili ikkitadan monopoliya tugatiladi.
Iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 2026-yilga kelib 62 foizga, 2030-yilgacha esa 85 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Shuningdek, mahalliy tadbirkorlarga strategik ahamiyatga ega foydali qazilma konlarini berish amaliyoti kengaytiriladi. Oltin, kumush, rangli metallar, volfram, ko‘mir hamda noruda konlarga berilgan ruxsatnomalar soni to‘rt baravar oshirilishi rejalashtirilgan.
Loyihada davlat xaridlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdolar ulushini qisqartirish va ochiq tenderlar ulushini 70 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, tovar, moliya, xizmat va raqamli bozorlarni qamrab olgan holda raqobat muhitini baholash amalga oshiriladigan sektorlar soni 20 taga yetkaziladi. Chakana savdoda esa xalq iste’mol tovarlarining sifat va xavfsizligini tekshirish uchun nazorat xaridlari soni 400 tagacha oshiriladi.