https://oz.sputniknews.uz/20260105/cis-hamkorlik-istiqbol-54637973.html
MDH 2035-yilgacha bo‘lgan ta’lim va energetika strategiyalarini belgilamoqda
MDH 2035-yilgacha bo‘lgan ta’lim va energetika strategiyalarini belgilamoqda
Sputnik O‘zbekiston
MDHda 2026–2035 yillarga mo‘ljallangan ta’lim, transport, energetika va sog‘liqni saqlash sohalaridagi yirik integratsiya loyihalari rejalashtirilmoqda.
2026-01-05T09:29+0500
2026-01-05T09:29+0500
2026-01-05T10:34+0500
mdh
o‘zbekiston
hamkorlik
ta’lim
mehnat huquqi
iqtisod
yeoii
transport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/10/39987923_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_0ee4f308c2534fd63942104fe16f8656.jpg
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida 2027–2035 yillarga mo‘ljallangan umumiy ta’lim makonini shakllantirish konsepsiyasini amalga oshirish dasturini qabul qilish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.2026 yilda MDH doirasida bir qator muhim loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Xususan, iqtisodiy sohada asosiy transport arteriyalarini o‘zaro bog‘lash konsepsiyasini hayotga tatbiq etish nazarda tutilmoqda.Shuningdek, kun tartibida MDH Elektr energetika kengashi tomonidan ishlab chiqilayotgan yoqilg‘i-energetika kompleksini 2035-yilgacha, kelgusida esa 2050-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ham mavjud. Ushbu hujjat MDH mamlakatlari energetika sohasining uzoq muddatli istiqbollarini belgilab beradi.Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, tashqi iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, Hamdo‘stlikni YeOII, ShHT, BRIKS va IHT kabi xalqaro tuzilmalar bilan samarali muloqot maydoniga aylantirish maqsad qilingan.2026 yildagi eng muhim vazifalardan biri esa Hamdo‘stlikda Sog‘liqni saqlash yilini samarali o‘tkazish hisoblanadi. Bu doirada tibbiy yordam ko‘rsatish sohasidagi xalqaro hujjatlarni ishlab chiqish va yangilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251225/cis-investitsiyalar-osish-54455993.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/10/39987923_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_a5028d8b187e5193ec3677afc3cf6b9d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mdh, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, mdh 2026, mdh 2035, mdh ta’lim makoni, umumiy ta’lim makoni 2027–2035, sergey lebedev, ria novosti, mdh transport loyihalari, mdh integratsiya, mdh energetika strategiyasi, yoqilg‘i-energetika kompleksi, mdh elektr energetika kengashi, mdh sog‘liqni saqlash yili, mdh mehnat hamkorligi, yeoii, shht, briks, iht
mdh, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, mdh 2026, mdh 2035, mdh ta’lim makoni, umumiy ta’lim makoni 2027–2035, sergey lebedev, ria novosti, mdh transport loyihalari, mdh integratsiya, mdh energetika strategiyasi, yoqilg‘i-energetika kompleksi, mdh elektr energetika kengashi, mdh sog‘liqni saqlash yili, mdh mehnat hamkorligi, yeoii, shht, briks, iht
MDH 2035-yilgacha bo‘lgan ta’lim va energetika strategiyalarini belgilamoqda
09:29 05.01.2026 (yangilandi: 10:34 05.01.2026) 2026 yil MDH tashkil etilganiga 35-yil to‘lishi munosabati bilan tadbirlar rejasi tasdiqlanib, ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilandi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida 2027–2035 yillarga mo‘ljallangan umumiy ta’lim makonini shakllantirish konsepsiyasini amalga oshirish dasturini qabul qilish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev RIA Novostiga bergan intervyusida
ma’lum qildi.
2026 yilda MDH doirasida bir qator muhim loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Xususan, iqtisodiy sohada asosiy transport arteriyalarini o‘zaro bog‘lash konsepsiyasini hayotga tatbiq etish nazarda tutilmoqda.
Lebedevning ta’kidlashicha, ushbu tashabbus davlatlar o‘rtasida yuklarning xavfsiz, tez va samarali harakatlanishini ta’minlash, transport xarajatlarini kamaytirish hamda mamlakatlarning tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, kun tartibida MDH Elektr energetika kengashi tomonidan ishlab chiqilayotgan yoqilg‘i-energetika kompleksini 2035-yilgacha, kelgusida esa 2050-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ham mavjud. Ushbu hujjat MDH mamlakatlari energetika sohasining uzoq muddatli istiqbollarini belgilab beradi.
Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, tashqi iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, Hamdo‘stlikni YeOII, ShHT, BRIKS va IHT kabi xalqaro tuzilmalar bilan samarali muloqot maydoniga aylantirish maqsad qilingan.
Ijtimoiy-mehnat sohasida 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan mehnatni normalashtirish yo‘nalishidagi hamkorlik bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasi tayyorlanmoqda.
2026 yildagi eng muhim vazifalardan biri esa Hamdo‘stlikda Sog‘liqni saqlash yilini samarali o‘tkazish hisoblanadi. Bu doirada tibbiy yordam ko‘rsatish sohasidagi xalqaro hujjatlarni ishlab chiqish va yangilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.