Venesuela prezidentini AQSh harbiylari osonlikcha qo‘lga olish sabablari — ekspertlar izohi

© Getty ImagesEksperti obyasnili, kak SShA udalos provesti operatsiyu protiv Maduro
Eksperti obyasnili, kak SShA udalos provesti operatsiyu protiv Maduro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2026
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, razvedka hamda xoin harbiy qo‘mondon va yuqori amaldorlarni og‘dirishdagi katta tajriba, shuningdek harbiy texnika va texnologiyadagi ustunlik operatsiya muvaffaqiyatini ta’minladi
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Xitoylik harbiy ekspertlar AQShning razvedka sohasidagi ustunligi hamda radioelektron kurash vositalaridan foydalanishi Venesuela ichida muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazishga imkon bergan, deb hisoblamoqda.
Xitoyning Global Times davlat gazetasi harbiy ekspert Van Yunfey so‘zlariga tayanib yozishicha, AQSh harbiy operatsiyasining nisbatan muvaffaqiyati dastlabki havo hujumlari va radioelektron kurash vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
"Bu Venesuela havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa tizimini barbod qilgan va falaj qilgan", — dedi Van Yunfey.
Uning ta’kidlashicha, aynan shu omil AQSh elita bo‘linmasi — Delta Force jangchilariga Amerika vertolotlari orqali desant operatsiyasini amalga oshirish va prezident qarorgohiga kirish imkonini bergan.
"Venesuelaning mudofaa qobiliyati AQSh oldida zaif bo‘lishi mumkin, ayniqsa, amerikaliklar prezidentning qayerdaligi haqida razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lsa", — deya qo‘shimcha qildi ekspert.
Yana bir harbiy tahlilchi Chjan Szunshe ham AQShning razvedka sohasidagi imkoniyatlarini alohida qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington razvedka ma’lumotlarini yig‘ishda katta tajribaga ega.
"AQSh razvedka ma’lumotlarini to‘plash, shu jumladan, missiya maqsadlari haqida ma’lumotga ega bo‘lgan harbiy qo‘mondonlar yoki amaldorlarni og‘dirish uchun Markaziy razvedka boshqarmasi kabi maxsus xizmatlardan foydalanish tajribasiga ega", — dedi u.
Shu bilan birga, ekspert AQSh amalga oshirgan harakatlarni xalqaro huquqni buzish sifatida baholadi.
"Bu suveren davlatga bostirib kirish hisoblanadi. Biroq harbiy nuqtayi nazardan, dunyoning boshqa armiyalari buni namunaviy misol sifatida ko‘rishi mumkin", — dedi Chjan Szunshe.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh bunday harbiy amaliyotlarni ilgari ham bir necha bor amalga oshirgan.
"Bunday operatsiyalar shunchaki taktik harakatlar emas, ular chuqur siyosiy va strategik oqibatlarga ega", — deya ta’kidladi ekspert.
AQSh prezidenti Donald Tramp shanba kuni AQSh Venesuelaga zarba berganini, mamlakat prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi.
Ommaviy axborot vositalari Karakasda portlashlar kuzatilgani va operatsiyada Delta Force jangchilari ishtirok etgani haqida xabar qildi. The New York Times Venesuelaning yuqori lavozimli amaldoriga tayanib, hujum oqibatida kamida 40 kishi, jumladan harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Venesuela hukumati Maduroning qayerdaligi haqida aniq ma’lumot yo‘qligini bildirib, uning tirikligini tasdiqlashni talab qildi. Keyinroq Tramp Maduro Amerika harbiy kemasi bortida ekani aks etgan suratni e’lon qildi.
AQSh Kongressidagi bir qator a’zolar operatsiyani noqonuniy deb atadi. Venesuela Tashqi ishlar vazirligi Vashington harakatlari yuzasidan xalqaro tashkilotlarga murojaat qilish niyatida ekanini bildirib, BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini chaqirishni so‘radi.
O‘z navbatida, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Venesuela xalqi bilan birdamligini bildirib, Maduro va uning rafiqasini ozod qilishga hamda vaziyatning yanada keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
Donald Tramp na press-konferensii po itogam peregovorov s Vladimirom Putinim na Alyaske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2026
Venesuelaga tajovuz: Tramp g‘alabasi muqarrarmi?
Yangiliklar lentasi
0