"Texnologiyalar yordamida o‘tmishga sayohat: Yo‘qotilgan Toshkent arxitekturasi — foto

© SputnikPutevoditel po ischeznuvshey arxitekture Tashkenta
Putevoditel po ischeznuvshey arxitekture Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2026
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkent me’morchiligi so‘nggi bir yarim asrda keskin o‘zgarishlarga uchradi. Shahar qiyofasiga uchta omil ta’sir ko‘rsatdi: Rossiya imperiyasining kengayishi ("Yangi shahar" qurilishi), Sovet Ittifoqining dinga qarshi kampaniyasi va 1966-yildagi dahshatli zilzila.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik, Bahrom Hatamov. Poytaxtimizning avvalgi betakror ko‘rinishini raqamli texnologiyalar yordamida qayta kashf etamiz.
Bir paytlar Eski shaharning har bir mahallasida kamida bittadan masjid bo‘lgan — jami yuzlab mahobatli va ixcham ibodatxonalar shahar qiyofasini belgilagan. Afsuski, keyinchalik yo‘llarni kengaytirish va shaharni rekonstruksiya qilish jarayonida ushbu noyob me’moriy obidalarning katta qismi buzib tashlangan.
© SputnikDjuma-mechet Xodja Axrar Vali v Tashkente
Djuma-mechet Xodja Axrar Vali v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2025
Djuma-mechet Xodja Axrar Vali v Tashkente
Xoja Ahror Valiy Jome masjidi — poytaxtimizning eng ko‘hna va yirik diniy obidalaridan biri bo‘lib, uning tarixi 1451-yilga borib taqaladi. Majmua asrlar davomida turli tabiiy ofatlar, xususan, kuchli zilzilalar oqibatida bir necha bor qayta tiklangan. Chorsu bozori yaqinidagi tarixiy markazda joylashgan hozirgi uch gumbazli mahobatli inshoot 1990-yillarning oxiri va 2000-yillar boshida amalga oshirilgan rekonstruksiya natijasidir.
© SputnikVxodnoy chortak v kompleks mavzoleyev Sheyxantaur
Vxodnoy chortak v kompleks mavzoleyev Sheyxantaur - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2025
Vxodnoy chortak v kompleks mavzoleyev Sheyxantaur
Shayxontohur ansambli — ilgari 16 ta muhtasham inshootni o‘z ichiga olgan Toshkentning eng yirik me’moriy majmualaridan biri bo‘lgan. Bugungi kunda ushbu ansambldan faqat uchta maqbara saqlanib qolgan, xolos. Majmuaning eng katta yo‘qotishlaridan biri — uning Chortagi (darvozasi) hisoblanadi. XIX asr oxirida bunyod etilgan ushbu monumental kirish qismi majmuaga o‘zgacha salobat baxsh etib turgan.
© SputnikIshonquli-Datxo madrasasi
Ishonquli-Datxo madrasasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2025
Ishonquli-Datxo madrasasi
Ishonquli-Datxo madrasasi haqida nimalarni bilamiz?
Davri: 1840-yillarda bunyod etilgan.
Joylashuvi: Hozirgi Navoi shoh ko‘chasi o‘rnida.
Tarixiy fakt: Bir vaqtlar bu yerda ilk "O‘zbekfilm" kinostudiyasi faoliyat yuritgan.
Taqdiri: 1940-yillarda yo‘l kengaytirilishi munosabati bilan me’moriy meros sifatida saqlab qolinmagan va buzilgan.
Toshkentning "Yangi shahar" qismida qad ko‘targan va 1930-yillardagi siyosiy jarayonlar oqibatida vayron qilingan muhtasham soborlar tarixiga to‘xtalib o‘tiladi.
© SputnikSpaso-Preobrajenskiy sobori
Spaso-Preobrajenskiy sobori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2025
Spaso-Preobrajenskiy sobori
Spaso-Preobrajenskiy harbiy sobori — o‘z davrida Toshkentning bosh pravoslav ibodatxonasi bo‘lgan. Ushbu mahobatli inshoot hozirgi Mustaqillik maydoni hududida, Senat binosiga yaqin joyda qad ko‘targan edi. Oltin gumbazli va ulkan oq devorli sobor 1930-yillarda sho‘ro hokimiyati tomonidan portlatib yuborilgan.
© SputnikIosif-Georgiy sobori: Toshkentdagi birinchi pravoslav cherkovi.
Iosif-Georgiy sobori: Toshkentdagi birinchi pravoslav cherkovi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2025
Iosif-Georgiy sobori: Toshkentdagi birinchi pravoslav cherkovi.
Iosif-Georgiy sobori: Toshkentdagi birinchi pravoslav cherkovi. U bugungi Amir Temur maydoni o‘rnida (O‘zbekiston mehmonxonasi yaqinida) joylashgan edi. Uning buzilishidan keyin mashhur Pelmennaya (chuchvaraxona) kafesi uzoq vaqt davomida o‘z o‘rnida turdi.
© SputnikToshkentning markaziy "Kaufman" ko‘chasi
Toshkentning markaziy Kaufman ko‘chasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2025
Toshkentning markaziy "Kaufman" ko‘chasi
20 asr boshida Toshkentning markaziy "Kaufman" ko‘chasida (bugungi Sayilgox ko‘chasi) eng mashhur savdo maskanlaridan biri — Orifxo‘ja passaji qad rostlagan edi. Bu yer nafaqat savdo-sotiq markazi, balki shaharliklarning madaniy hordiq chiqaradigan joyi bo‘lgan. Bino o‘zining go‘zal fasadi va ichki tuzilishi bilan poytaxtning Yevropa qismiga zamonaviy ruh baxsh etgan.
© SputnikDom General-gubernatora Turkestana Konstantina Petrovicha fon Kaufmana v Tashkente
Dom General-gubernatora Turkestana Konstantina Petrovicha fon Kaufmana v Tashkente  
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2025
Dom General-gubernatora Turkestana Konstantina Petrovicha fon Kaufmana v Tashkente
Toshkentdagi "Oq uy" — Turkiston general-gubernatori K.P. fon Kaufmanning rasmiy qarorgohi hamda o‘lkadagi ma’muriy boshqaruvning bosh ramzi hisoblangan. 1860-yillarda poydevori qo‘yilgan va 1870-yillarda kengaytirilgan ushbu inshoot o‘ziga xos me’moriy yechimga ega edi: unda Yevropa klassik arxitekturasi sharqona bezaklar va binoning nomiga mos oq devorlar bilan mahoratli tarzda uyg‘unlashtirilgan.
© SputnikToshkentdagi "Yemil Sindel" ip gazlama bosish manufakturasi shirkatining omborxonasi
Toshkentdagi Yemil Sindel ip gazlama bosish manufakturasi shirkatining omborxonasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2025
Toshkentdagi "Yemil Sindel" ip gazlama bosish manufakturasi shirkatining omborxonasi
Toshkentdagi "Yemil Sindel" ip gazlama bosish manufakturasi shirkatining omborxonasi to‘qimachilik sanoatining muhim obekti bo‘lgan. Keyinchalik ushbu bino 1-sonli bosmaxonaga aylantirilgan va Kalinin maydonida (sobiq Eski Juva) joylashgan edi. U avval yirik sanoat korxonasining bir qismi, so‘ngra xotin-qizlar uchun madaniy-ma’rifiy markaz sifatida shahar tarixida muhim o‘rin tutgan.
© Sputnik12 teraklar ko‘chasidagi Sinagoga
12 teraklar ko‘chasidagi Sinagoga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2025
12 teraklar ko‘chasidagi Sinagoga
12 teraklar ko‘chasidagi Sinagoga: Poytaxtning yo‘qotilgan diniy obidalaridan biri. Ushbu bino 1930-yillardagi mafkuraviy siyosat natijasida o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Bino bir necha o‘n yillar davomida boshqa maqsadlarda foydalanilgan bo‘lsa-da, 1966-yildagi kuchli Toshkent zilzilasidan so‘ng yaroqsiz holga kelgan va butunlay buzib tashlangan.
© SputnikEski Bosh pochtamt binosi
Eski Bosh pochtamt binosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2025
Eski Bosh pochtamt binosi
Eski Bosh pochtamt binosi: Ushbu majmua nafaqat shaharning asosiy pochta xizmatini, balki telefon-telegraf tarmog‘i hamda markaziy radiomarkazni ham o‘z ichiga olgan edi. Bugungi kunda mazkur tarixiy inshoot o‘rnida poytaxtning eng muhtasham binolaridan biri — "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyi qad ko‘targan.
Yangiliklar lentasi
0