Tadbirkorlar uchun muhim o‘zgarish: elektron hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha yangi qoida

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishBlank nalogovoy deklaratsii po nalogu na dobavlennuyu stoimost
Blank nalogovoy deklaratsii po nalogu na dobavlennuyu stoimost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2026
Obuna bo‘lish
Yangi tartib elektron hisobvaraq-fakturalar orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisob-kitoblarini nazorat qilishni yanada kuchaytiradi
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Elektron hisobvaraq-fakturalarning xavf darajasini aniqlash hamda ularda aks ettirilgan operatsiyalar bo‘yicha QQS to‘lash tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.
Nizom elektron hisobvaraq-fakturalarning (EHF) tovarlar (xizmatlar)ni bitta yetkazib berish zanjiri doirasida xavf darajasini baholash, ularni toifalarga ajratish tartibini, shuningdek xavf darajasiga qarab EHFlar bo‘yicha QQSni to‘lash va hisobga olish xususiyatlarini belgilaydi.
Nizomga muvofiq, EHFlar xavf darajasini baholash axborot tizimi asosida amalga oshiriladi. Yuqori xavf darajasiga ega bo‘lgan EHFlarning ulushi hisobot davrida QQS to‘lovchi tomonidan rasmiylashtirilgan jami EHFlar sonining 10 foizidan oshmasligi lozim.
EHFlarning xavf darajasi mezonlari Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Ushbu nizomni qo‘llash maqsadida EHFlar xavf darajalariga ko‘ra quyidagi toifalarga ajratiladi:
xavf darajasi past bo‘lgan EHFlar;
xavf darajasi yuqori bo‘lgan EHFlar.
EHFlar axborot tizimida nazarda tutilgan har bir mezon bo‘yicha belgilangan ballarni jamlash orqali avtomatik tarzda baholanadi. Hisoblangan umumiy ball asosida EHFlar tegishli xavf toifasiga kiritiladi.
Soliq qo‘mitasi xavf darajasini hisobga olgan holda EHFlarning markazlashtirilgan elektron reyestrini yuritadi.
Bumaga, ruki, ruchka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2025
Tadbirkorlarga soliq munosabatlarida yengilliklar beriladi
Yangiliklar lentasi
0