UQKning Xerson viloyatidagi mehmonxonaga hujumi: 20 nafardan ziyod kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Viktoriya Viatris / Mediabankka o‘tishSotrudniki skoroy pomoshi, illyustrativnoe foto
Sotrudniki skoroy pomoshi, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan terakt to‘g‘risida jinoiy ish ochdi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) yangi yil tunida Xerson viloyatidagi mehmonxona va kafega dronlar yordamida uyushtirgan hujumi oqibatida 20 nafardan ziyod kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasi xabar qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Uchuvchisiz uchish qurilmalarining tungi zarbasi chog‘ida 24 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohatlandi, ulardan besh nafari bolalardir”, - deyiladi xabarda.
Jabrlanganlarni Xerson viloyati va Qrimdagi kasalxonalarga yuborilgan.
Sodir bo‘lgan hodisa haqida bugun ertalab viloyat gubernatori Vladimir Saldo ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik jangarilar “odamlarni ataylab yondirgan”: ular uchta drondan foylanishdi, ulardan biri – yonuvchi aralashma bilan. Zarba razvedkachi dron ishidan keyish amalga oshirilgan. Yong‘in ertalabga yaqin bartaraf etilgan.

“Yangi yil tunidagi vahshiylashgan ukrainalik millatchilarning qonli jinoyati: Xerson viloyatidagi tinch aholiga berilgan zarba. O‘nlab halok bo‘lganlar va jabrlanganlar. Qayg‘u va dardimizni izhor etish uchun til ojiz”, - deya hamdardlik bildirdi Qrim rahbari Sergey Aksonov.

Rossiya Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan terakt to‘g‘risida jinoiy ish ochdi. Tergovchilar jinoyat tafsilotlari va unga aloqadorlarni aniqlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0