Ko‘prik, tramvay, metro: Yangi Toshkent poytaxt bilan qanday bog‘lanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osmotrel stroitelstvo novogo mosta cherez reku Chirchik i avtostoyanki, sovmeshennoy so stansiyey metro.
Shavkat Mirziyoyev osmotrel stroitelstvo novogo mosta cherez reku Chirchik i avtostoyanki, sovmeshennoy so stansiyey metro. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2025
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Chirchiq darosi ustidagi ko‘prik orqali ikki tasmali tramvay yo‘li yotqizilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chirchiq darosi ustidan yangi ko‘prik hamda metro bekati bilan birlashtirilgan avtoturargoh barpo etish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
“Yangi ko‘prik Toshkent va Yangi Toshkentni bog‘laydi. Bir sutkada 40-50 mingta avtotransport vositasini o‘tkazish quvvatiga ega bo‘ladi”, - deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.
Qurilish ishlari joriy yil oxirida boshlangan bo‘lib, ayni paytga kelib loyihaning dastlabki qismi amalga oshirilmoqda.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev osmotrel stroitelstvo novogo mosta cherez reku Chirchik i avtostoyanki, sovmeshennoy so stansiyey metro. - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev osmotrel stroitelstvo novogo mosta cherez reku Chirchik i avtostoyanki, sovmeshennoy so stansiyey metro. - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev osmotrel stroitelstvo novogo mosta cherez reku Chirchik i avtostoyanki, sovmeshennoy so stansiyey metro. - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev osmotrel stroitelstvo novogo mosta cherez reku Chirchik i avtostoyanki, sovmeshennoy so stansiyey metro. - Sputnik O‘zbekiston
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Ta’kidlanishicha, loyiha doirasida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohil hududlari ko‘kalamzorlashtiriladi, energiya tejamkor yoritish tizimlari o‘rnatiladi, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etiladi. Shuningdek, ko‘prik orqali ikki tasmali tramvay yo‘li yotqizilishi rejalashtirilgan.
Yangi Toshkentni Toshkent shahri bilan bog‘laydigan bo‘lajak metro liniyasining uzunligi 21 kilometrni tashkil etib, 9 ta zamonaviy bekatni o‘z ichiga oladi. U kuniga 230 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Liniya poytaxt metrosining mavjud tarmoqlari bilan to‘liq integratsiya qilinadi, bu esa yo‘lovchilar uchun yagona va uzluksiz transport tizimini shakllantiradi.
Davlat rahbari bo‘lajak liniyaning avtoturargoh bilan integratsiyalashgan bekatlaridan birining qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Metro bekati bilan integratsiyalashgan avtoturargoh 20 ming kvadrat metr maydonda barpo etiladi, unda avtomobillar, piyodalar va jamoat transporti harakati aniq ajratilib, xavfsizlik va funksionallikka ustuvor ahamiyat beriladi.
Ayni paytda hududda yer ishlari va beton quyish ishlari olib borilmoqda. Majmua 2027-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Prezident loyihalarning Yangi Toshkent uchun strategik ahamiyatini ta’kidlab, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifatda amalga oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Novom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2025
Mirziyoyev Yangi Toshkentda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0