https://oz.sputniknews.uz/20251231/ssv-ogohlantirish-54588543.html
“Meyorni unutmang”: SSV ogohlantirish bilan chiqdi
“Meyorni unutmang”: SSV ogohlantirish bilan chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
SSV yangi yil dasturxonida salomatlik va meyorni saqlashga chaqirdi. 31.12.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-12-31T18:02+0500
2025-12-31T18:02+0500
2025-12-31T18:02+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
yangi yil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/19/54464265_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_f525a36fde559039b511b2c47a5572e6.jpg
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Yangi yil bayrami munosabati bilan aholi o‘rtasida an’anaviy ravishda turli xil taomlar tayyorlanib, dasturxonlar bezatiladi. Biroq bu kunlarda ovqatlanish tartibiga e’tiborsizlik bilan yondashish inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deya ogohlantirdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.Tibbiy kuzatuvlarga ko‘ra, bayram davrida yog‘li, qovurilgan, tuz va shakar miqdori yuqori bo‘lgan taomlarning meyordan ortiq iste’mol qilinishi oshqozon-ichak tizimi, jigar, yurak-qon tomir hamda qand almashinuvi jarayonlariga ortiqcha yuklama bo‘ladi. Ayniqsa, surunkali kasalliklari bor bemorlarda bunday holatlar xastalikning zo‘rayishiga olib kelishi mumkin.SSV bayram kunlarida ovqatlanishda quyidagi tavsiyalarga amal qilishni so‘radi:Shuningdek, bayram kunlari yetarli miqdorda suv ichish organizmda moddalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlab, umumiy ahvolni barqaror saqlashga xizmat qiladi.“Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni Yangi yil bayramini xursandchilik va yaxshi kayfiyat bilan, biroq salomatlikka mas’uliyat bilan yondashgan holda o‘tkazishga chaqiradi. Ongli va meyorli ovqatlanish bayram zavqini kamaytirmasdan, yangi yilga sog‘lom qadam qo‘yish imkonini beradi”, - deyilgan xabarda.
https://oz.sputniknews.uz/20251229/ozbekistonliklar-yangi-yil-54543628.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/19/54464265_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_f818afeae25b9c2793f138158df66846.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), yangi yil
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), yangi yil
“Meyorni unutmang”: SSV ogohlantirish bilan chiqdi
SSV yangi yil dasturxonida salomatlik va meyorni saqlashga chaqirdi.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Yangi yil bayrami munosabati bilan aholi o‘rtasida an’anaviy ravishda turli xil taomlar tayyorlanib, dasturxonlar bezatiladi. Biroq bu kunlarda ovqatlanish tartibiga e’tiborsizlik bilan yondashish inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deya
ogohlantirdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Tibbiy kuzatuvlarga ko‘ra, bayram davrida yog‘li, qovurilgan, tuz va shakar miqdori yuqori bo‘lgan taomlarning meyordan ortiq iste’mol qilinishi oshqozon-ichak tizimi, jigar, yurak-qon tomir hamda qand almashinuvi jarayonlariga ortiqcha yuklama bo‘ladi. Ayniqsa, surunkali kasalliklari bor bemorlarda bunday holatlar xastalikning zo‘rayishiga olib kelishi mumkin.
SSV bayram kunlarida ovqatlanishda quyidagi tavsiyalarga amal qilishni so‘radi:
qovurilgan va og‘ir hazm bo‘ladigan taomlar o‘rniga qaynatilgan, dimlab yoki bug‘da tayyorlangan ovqatlarni tanlash;
mayonezli salatlar, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari hamda tuzli taomlar ulushini cheklash;
sabzavot, ko‘kat va tabiiy mevalarga ustuvorlik berish;
shirinliklarni meyorda iste’mol qilish, shakarli ichimliklar o‘rniga toza ichimlik suvi yoki ko‘k choy ichish;
ovqatni sekin, belgilangan vaqtda iste’mol qilish, kechki payt esa og‘ir taomlardan voz kechish.
Shuningdek, bayram kunlari yetarli miqdorda suv ichish organizmda moddalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlab, umumiy ahvolni barqaror saqlashga xizmat qiladi.
“Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni Yangi yil bayramini xursandchilik va yaxshi kayfiyat bilan, biroq salomatlikka mas’uliyat bilan yondashgan holda o‘tkazishga chaqiradi. Ongli va meyorli ovqatlanish bayram zavqini kamaytirmasdan, yangi yilga sog‘lom qadam qo‘yish imkonini beradi”, - deyilgan xabarda.