https://oz.sputniknews.uz/20251231/ozbekiston-etim-bolalar-omonat-54578671.html
O‘zbekistonda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar uchun 500 dollarlik omonat ochildi
O‘zbekistonda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar uchun 500 dollarlik omonat ochildi
Sputnik O‘zbekiston
8 mingdan ortiq yetim bolalarga 500 dollar shaxsiy depozitlar hisob raqamlari va ijtimoiy kartalarga o‘tkazildi. Mablag‘lar 18 yoshgacha jamg‘ariladi va kapitalizatsiya hisobiga ko‘payadi. Ijtimoiy kartalar transportdan imtiyozli foydalanish, tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar qilish imkonini beradi.
2025-12-31T10:19+0500
2025-12-31T10:19+0500
2025-12-31T10:19+0500
jamiyat
bolalar
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1f/54578507_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_5530a611d3560a7cfd17ff9a57e6c74f.jpg
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbekistonda yetim bolalar uchun 500 dollarlik omonatlar ochildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, bolalarga yangi yil sovg‘alariga qo‘shimcha ravishda depozit hisob raqamlarini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.Qayd etilishicha, bu mablag‘lar yildan-yilga kapitalizatsiya hisobiga jamg‘arilib boriladi, bola 18 yoshga to‘lgach, ushbu mablag‘lardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Shuningdek, 9 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berildi. Ular orqali jamoat transportidan imtiyozli foydalanish, xarid va xizmatlar uchun to‘lov qilish, shaxsni tasdiqlash hamda ijtimoiy yordam va xizmatlarni olish huquqini tasdiqlash mumkin.Bu kabi qo‘llab-quvvatlash davlat g‘amxo‘rligiga alohida muhtoj bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Jumladan:"Taskin" bolalar xospisida davolanayotgan bolalar uchun depozit hisob raqamidagi mablag‘lar zaruratga ko‘ra va qonuniy vakillar murojaati asosida istalgan vaqtda bank kartasiga o‘tkazilishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20251024/talim-bolalar-kattalar-imkoniyat-52943688.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1f/54578507_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_ddfd4ea827ecb06db6efab2802b72362.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bolalar omonat yetim bolalar
bolalar omonat yetim bolalar
O‘zbekistonda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar uchun 500 dollarlik omonat ochildi
Mablag‘lar 18 yoshgacha jamg‘ariladi va kapitalizatsiya hisobiga ko‘payadi.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbekistonda yetim bolalar uchun 500 dollarlik omonatlar ochildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bolalarga yangi yil sovg‘alariga qo‘shimcha ravishda depozit hisob raqamlarini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
0 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan ortiq yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun omonatlar ochilib, ularning har biriga davlat tomonidan 500 dollar miqdorida mablag‘ joylashtirildi.
Qayd etilishicha, bu mablag‘lar yildan-yilga kapitalizatsiya hisobiga jamg‘arilib boriladi, bola 18 yoshga to‘lgach, ushbu mablag‘lardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, 9 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berildi. Ular orqali jamoat transportidan imtiyozli foydalanish, xarid va xizmatlar uchun to‘lov qilish, shaxsni tasdiqlash hamda ijtimoiy yordam va xizmatlarni olish huquqini tasdiqlash mumkin.
Bu kabi qo‘llab-quvvatlash davlat g‘amxo‘rligiga alohida muhtoj bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Jumladan:
mahallalardagi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
mehribonlik uylari, oilaviy va kichik hajmli bolalar uylari hamda SOS bolalar qishloqlari tarbiyalanuvchilari;
ota-onalari chegarani himoya qilishda halok bo‘lgan bolalar;
"Taskin" bolalar xospisi huzuridagi bolalar onkologiya shifoxonasida davolanayotgan bolalar.
"Taskin" bolalar xospisida davolanayotgan bolalar uchun depozit hisob raqamidagi mablag‘lar zaruratga ko‘ra va qonuniy vakillar murojaati asosida istalgan vaqtda bank kartasiga o‘tkazilishi mumkin.