Ukraina armiyasi front bo‘ylab chekinmoqda - Putin jangovar vaziyat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
12:31 30.12.2025 (yangilandi: 12:38 30.12.2025)

© Administratsiya Prezidenta Rossii
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Ukraina harbiylari butun front bo‘ylab chekinmoqda, asosiy e’tibori esa mudofaani mustahkamlashga qaratilgan.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Dekabr oyida 700 kvadrat kilometrdan ortiq hudud va 32 ta aholi punkti ozod qilindi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov Rossiya prezidenti ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Yig‘ilishda Vladimir Putin qo‘shinlar guruhlari qo‘mondonlarining maxsus harbiy operatsiya zonasidagi joriy vaziyat to‘g‘risidagi hisobotlarini ham tingladi.
Yig‘ilishdagi asosiy bayonotlar:
Vladimir Putin:
Donbass, Zaporojye va Xerson viloyatlarini ozod qilish bo‘yicha vazifalar maxsus harbiy operatsiya rejasiga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari butun jangovar to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab chekinmoqda.
Oskol darosi bo‘yida qurshab olingan Ukraina Qurolli kuchlari guruhi asta-sekin "erib bormoqda".
Valeriy Gerasimov:
Dushman hozirda faol hujum harakatlarini amalga oshirmayapti, asosiy e’tibor mudofaani mustahkamlashga qaratilgan.
Joriy yilda jami 6 460 kvadrat kilometr hudud va 334 ta aholi punkti nazoratga olindi.
"Shimol" qo‘shinlari Sumi va Xarkov viloyatlarining chegara hududlarida xavfsizlik zonasini kengaytirishda davom etmoqda.
"G‘arb" qo‘shinlari Kupansk sharqida, Oskol darosining chap qirg‘og‘ida dushman tuzilmalarini tor-mor etishni davom ettirmoqda.
"Janub" qo‘shinlari Seversk ozod etilgandan so‘ng Slavansk yo‘nalishida keng frontda hujum qilmoqda hamda Konstantinovkani ozod qilishni davom ettirmoqda.
"Markaz" qo‘shinlari Krasnoarmeysk va Dimitrov ozod etilgandan keyin hujumni keng frontda rivojlantirmoqda.
KXDR armiyasi Kursk viloyati hududlarini minalardan tozalashda katta yordam ko‘rsatdi.
"Shimol" qo‘shinlari guruhi qo‘mondoni Yevgeniy Nikiforov:
Bo‘linmalar uchun viloyat markazi Sumigacha 20 kilometrdan kamroq masofa qoldi.
"G‘arb" qo‘shinlari guruhi qo‘mondoni general-polkovnik Sergey Kuzovlev:
"G‘arb" qo‘shinlari guruhi Ukraina armiyasining Kupansk sharqida qurshab olingan tuzilmalarini yo‘q qilishni yanvar-fevral oylarida yakunlashni rejalashtirmoqda.

