O‘zbekistonlik sayyohlar eng ko‘p qaysi davlatlarga borgan: top-5 yo‘nalish

Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni davlatlardan tashqari, O‘zbekistonlik sayyohlar eng ko‘p safar qilayotgan mamlakatlar qatorida Rossiya ham yetakchi o‘rinni egallamoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida qariyb 7 million nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 1,3 million nafarga, ya’ni 23 foizga oshgan.
Joriy yilning 11 oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan davlatlar quyidagilar bo‘ldi:
Qirg‘iziston — 3,1 mln nafar;
Qozog‘iston — 1,3 mln nafar;
Tojikiston — 1,2 mln nafar;
Rossiya — 399 ming nafar;
Saudiya Arabistoni — 296,4 ming nafar.
Batafsil ma’lumot Sputnik O‘zbekiston infografikasida keltirilgan.
Yangiliklar lentasi
0