https://oz.sputniknews.uz/20251229/fan-sanoat-boglash-kengash-54518281.html
O‘zbekistonda fan va sanoatni bog‘laydigan yangi kengash tuziladi
O‘zbekistonda fan va sanoatni bog‘laydigan yangi kengash tuziladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Fanlar akademiyasi faoliyati takomillashtirilib, fan va sanoat integratsiyasi, KPI va reyting tizimi, shuningdek ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi joriy etiladi
2025-12-29T09:42+0500
2025-12-29T09:42+0500
2025-12-29T11:52+0500
o‘zbekiston
ilm-fan
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
olimlar
oliy ta’lim muassasalari
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/17/54402334_0:67:800:517_1920x0_80_0_0_3ded4b3fc515fcee440c437be1929cdd.jpg
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Fanlar akademiyasining yangi ishlanmalarini tijoratlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Fan va sanoat integratsiyasi kengashi tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorda belgilangan.Qarorning asosiy maqsadi quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirishdan iborat:2026 yildan boshlab ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan barcha ilmiy loyihalar sifatini oshirish maqsadida ularni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ilmiy-texnik kengashlar tarkibiga Fanlar akademiyasi taklifi asosida hamrais nomzodi kiritiladi.Shuningdek, 2026-yil 1-apreldan Fanlar akademiyasi o‘z tizimidagi ilmiy muassasalarda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ilmiy xodimlar faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI), shuningdek, ilmiy muassasalar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha reyting tizimini joriy etadi.Bundan tashqari, 2026-yildan ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh olimlarni jalb qilish hamda strategik ahamiyatga ega ilmiy yo‘nalishlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi jamg‘armasi tashkil etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251223/yadro-fizika-institut-rosatom-hamkorlik-54406809.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/17/54402334_0:21:662:517_1920x0_80_0_0_f72e57488522eec0928068a0bd782373.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston fanlar akademiyasi, fanlar akademiyasi islohoti, fan va sanoat integratsiyasi, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy loyihalar o‘zbekiston, yosh olimlar, kpi ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar reytingi, ilmiy diaspora, olimlarni reintegratsiya qilish, fanni moliyalashtirish, ilmiy jamg‘arma, davlat ilmiy dasturlari 2026
o‘zbekiston fanlar akademiyasi, fanlar akademiyasi islohoti, fan va sanoat integratsiyasi, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy loyihalar o‘zbekiston, yosh olimlar, kpi ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar reytingi, ilmiy diaspora, olimlarni reintegratsiya qilish, fanni moliyalashtirish, ilmiy jamg‘arma, davlat ilmiy dasturlari 2026
O‘zbekistonda fan va sanoatni bog‘laydigan yangi kengash tuziladi
09:42 29.12.2025 (yangilandi: 11:52 29.12.2025) Qarorga muvofiq, fan va sanoat integratsiyasi kuchaytirilib, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy muassasalar samaradorligini oshirish choralari belgilandi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Fanlar akademiyasining yangi ishlanmalarini tijoratlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Fan va sanoat integratsiyasi kengashi tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi
qarorda belgilangan.
Qarorning asosiy maqsadi quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirishdan iborat:
yangi ilmiy ishlanmalar soni va ularni tijoratlashtirishdan olinadigan mablag‘lar hajmini 3 baravarga oshirish;
ilmiy xodimlar tarkibida yoshlar ulushini 60 foizgacha yetkazish;
xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan ilmiy diaspora vakillarini O‘zbekiston ilm-faniga reintegratsiya qilish.
2026 yildan boshlab ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan barcha ilmiy loyihalar sifatini oshirish maqsadida ularni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ilmiy-texnik kengashlar tarkibiga Fanlar akademiyasi taklifi asosida hamrais nomzodi kiritiladi.
Shuningdek, 2026-yil 1-apreldan Fanlar akademiyasi o‘z tizimidagi ilmiy muassasalarda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ilmiy xodimlar faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI), shuningdek, ilmiy muassasalar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha reyting tizimini joriy etadi.
Bundan tashqari, 2026-yildan ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh olimlarni jalb qilish hamda strategik ahamiyatga ega ilmiy yo‘nalishlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi jamg‘armasi tashkil etiladi.