To‘rt ming kilometr yo‘l “avtoban”ga aylantiriladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishAvtomagistral
Avtomagistral - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2025
Obuna bo‘lish
O‘Zbekistonda avtomobil yo‘llari sifatini yaxshilash bo‘yicha besh yillik dastur amalga oshiriladi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. To‘rt ming kilometr yo‘l “avtoban”ga aylantiriladi. Bu haqida Transport vazirligi xabar qilmoqda.

Xususan, Andijon bilan Qo‘ng‘irotni, Toshkent bilan Termizni, Samarqand bilan Shahrisabzni, Olot bilan Sariosiyoni bog‘laydigan, uzunligi 4 ming kilometr magistral yo‘llar xalqaro talablarga mos "avtoban"larga aylantiriladi”, - deyiladi xabarda.
Undan tashqari Toshkent – Samarqand, Toshkent – Andijon, Toshkent – Bo‘stonliq, Pung‘on – Namangan va Qarshi – Shahrisabz yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan 800 kilometr yo‘llar quriladi.
2026 yilning o‘zida Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo hududidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi 300 kilometr yo‘llarda rekonstruksiya ishlari yakunlanadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Parlamentga murojaatida avtomobil yo‘llarini rivojlantirish mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishi uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Undan tashqari davlat rahbariyo‘llari sifatini oshirish, Respublika tranzit salohiyatini yanada mustahkamlash, harakat xavfsizligini oshirish va hududlarning transport bog‘liqligini yaxshilashga qaratilgan besh yillik dastur amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0