Qarindoshlar orasida nikoh qurish qonun bilan ta’qilanadi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishSvadebniy bum v "krasivuyu" datu 02.02.2020
Svadebniy bum v krasivuyu datu 02.02.2020 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2025
Obuna bo‘lish
Nikoh yoshiga yetmaganlar bilan oila qurish uchun jazo kuchaytiriladi.
TOShKENT, 27 dek — Spurnik. Qarindoshlar orasida nikoh qurish qonun bilan ta’qilanadi. Bu haqida Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.
Loyihaga ko‘ra, yon shajara bo‘yicha 2-, 3- va 4-darajadagi qarindoshlar - tog‘a va amaki, amma va xola o‘z jiyanlari bilan, shuningdek, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanmoqda.
️Biroq, nikohlanuvchi tomonlardan biri o‘gay farzand bo‘lgan yoki nikohlanuvchi shaxs nikohlanuvchi 2-shaxsga haqiqatda 1-, 2-, 3- va 4-darajali qarindosh bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
Nikoh yoshiga yetmaganlar bilan oila qurish uchun jazo kuchaytiriladi. Xususan, bunday holat uchun jarima 20,6–41,2 mln so‘mgacha oshiriladi (Hozirda bu 8,2–12,3 mln so‘m). Shuningdek, 240–300 soat majburiy jamoat ishlari yoki 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari ham qo‘llanilishi mumkin.

Lekin homiladorlik, bola tug‘ilishi bilan bog‘liq holatlarda nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan 1-yilga kamaytirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0