Toshkentda "Olivye" salati qanchaga tushadi - infografika

Obuna bo‘lish
Versiyalarga ko‘ra, salat fransuz oshpazi Lyusyen Olivye nomi bilan bog‘liq. Sputnik muxbiri esa supermarketlardagi narxlardan kelib chiqib, ushbu salatni tayyorlash qanchaga tushishini hisoblab chiqdi
Sputnik muxbirining Toshkentdagi supermarketlar narxlari asosida olib borgan hisob-kitoblariga ko‘ra, 12–14 porsiya “Olivye” salatini tayyorlashning o‘rtacha qiymati 120–150 ming so‘mni tashkil etadi.
Bunda masalliqlar miqdori va ularning mutanosibligi ta’mga oid afzalliklardan kelib chiqib, taxminiy hisoblangan.
"Olivye" salati Yangi yil dasturxonini tasavvur qilib bo‘lmaydigan taomlardan biri hisoblanadi. U bayram an’anasining ajralmas qismiga aylangan.
"Olivye" salatining yana bir ustun jihati — uning tayyorlanishi osonligi va masalliqlarining har bir oila uchun qo‘l yetarli ekani.
Shu bilan birga, har bir xonadonda u o‘ziga xos uslubda tayyorlanadi: kimdir kolbasa o‘rniga mol yoki parranda go‘shtini qo‘shadi, boshqalar esa mayonez o‘rniga smetana ishlatib, marinadlangan bodringni yangi bodring yoki yashil olma bilan almashtirib, yengilroq variantni tanlaydi.
Batafsil - Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0