Toshkentda Yangi yil bayrami archalari: o‘tkazish joyi va vaqti

Obuna bo‘lish
Bosh archa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydonida o‘rnatiladi va soat 11.00 dan 23.00 gacha bayram tadbirlari o‘tkaziladi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan 2025-yil 25-dekabridan 2026-yil 10-yanvargacha Toshkent shahrining 20 ta nuqtasida archalar o‘rnatilib, ushbu hududlarda bayram tadbirlari tashkil etiladi.
Quyida bayram dasturlari o‘tkaziladigan manzillar keltirilgan:
Yunusobod tumani
Rixsiliy gastronomik va turizm ko‘chasi (“Yunusobod Gallery” majmuasi), soat 17:00–21:00
Bektemir tumani
“Compass” savdo majmuasi, soat 11:00–22:00
“Coca-Cola Garden” bog‘i, soat 11:00–22:00
Mirobod tumani
Taras Shevchenko gastronomik va turizm ko‘chasi 21-dekabr – 4-yanvar, soat 16:00–22:00
Mirzo Ulug‘bek tumani
“Central Park”, soat 11:00–22:00
“Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududi, soat 16:00–22:00
Sergeli tumani
Sug‘diyona va Jaloyir ko‘chalari bo‘ylab gastronomik va turizm ko‘chasi, soat 11:00–22:00
Yangi Sergeli istirohat bog‘i, soat 11:00–22:00
Olmazor tumani
“Asia.uz” supermarketi avtoturargohi (sobiq Nukus kinoteatri), soat 16:00–22:00
Uchtepa tumani
Uchtepa tumani hokimligi oldi qismi 25-dekabr – 5-yanvar, soat 16:00–20:00
Chilonzor tumani
“Dream Park” (“G‘afur G‘ulom”) madaniyat va istirohat bog‘i, soat 11:00–22:00
“Humo Arena” muz saroyi oldi maydoni, soat 11:00–23:00
“Magic City” bog‘i, 20-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–23:00
Al-Xorazmiy gastronomik va turizm ko‘chasi, soat 11:00–22:00
Shayxontohur tumani
“Anhor Lokomotiv” bog‘i, soat 11:00–22:00
“Tashkent City” majmuasi 21-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–23:00
Yashnobod tumani
“Ashxobod” sayilgohi, soat 11:00–20:00
Yakkasaroy tumani
“Next” savdo majmuasi, soat 16:00–22:00
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita pavilonlari hududi, soat 16:00–19:00
Yangihayot tumani
Mehrigiyo gastronomik va turizm ko‘chasi, soat 11:00–22:00
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0