O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi?

Obuna bo‘lish
2025 yil yanvar–noyabrda O‘zbekistonda tashqi savdo faolligi oshgan bo‘lsa-da, import ustunligi sabab savdo balansi manfiy shakllandi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72,8 milliard dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 13,02 milliard dollarga yoki 21,8 foizga oshgan.
Shu davrda eksport hajmi 30,9 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 26,2 foizga o‘sgan. Import esa 41,9 milliard dollarni tashkil etib, 18,7 foizga ko‘paygan.
Natijada hisobot davrida tashqi savdo balansi qariyib 11 mlrd dollar miqdorida manfiy saldo bilan shakllangan.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0