https://oz.sputniknews.uz/20251221/zelenskiy-ukraine-armiya-moliyalashtirish-54350592.html
Zelenskiy: Ukraina 800 ming kishilik armiyani moliyalashtira olmaydi
Zelenskiy: Ukraina 800 ming kishilik armiyani moliyalashtira olmaydi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Zelenskiy mojaro tugagan taqdirda ham 800 ming kishilik armiyani saqlash uchun mamlakatning moliyaviy imkoniyatlari yetarli emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev G‘arbdan uzoq muddatli moliyaviy ko‘mak kutadi
2025-12-21T11:48+0500
2025-12-21T11:48+0500
2025-12-21T11:50+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
aqsh
rossiya
dunyo yangiliklari
dunyoda
yevropa ittifoqi
qurolli kuchlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1e/40472312_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_e0562c9930ef4519ec29d4d541ce6815.jpg
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Ukraina mojaro tugaganidan keyin 800 ming kishilik qurolli kuchlarni mustaqil ravishda moliyalashtira olmaydi, shuning uchun G‘arb hamkorlaridan bunday armiyani saqlashda moliyaviy ko‘mak so‘ramoqda. Bu haqda Vladimir Zelenskiy jurnalistning shu mavzuga doir savoliga javoban ma’lum qildi. ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, Ukraina armiyasini to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan saqlashga biroz vaqt kerak bo‘ladi.New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina AQSh va YeI bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki xil hujjat ustida kelishuvga erishgan. Unga binoan, Kiyev tinchlik sharoitida 800 ming kishilik armiyani saqlashi mumkin. Shu bilan birga, AQSh bu raqamni 600 minggacha cheklashni taklif qilgan.Washington Post esa Yevropa rasmiylari Ukraina harbiy salohiyatini cheklash va hududiy masalalar bo‘yicha alohida taklif tayyorlaganini ma’lum qilgan.OAVda tarqalgan 28 banddan iborat tinchlik rejasiga ko‘ra:Shuningdek, Zelenskiy avvalroq Rossiya tomonidan qo‘llanilgan "Oreshnik" raketa turi haqida to‘xtalib, uni yo‘q qilishning iloji yo‘qligini tan oldi. Uning ta’kidlashicha, bu qurolni to‘xtatishning yagona yo‘li — uni ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi korxonalarga qarshi sanksiyalar joriy etishdir.
https://oz.sputniknews.uz/20251219/putin-ukraine-bayonotlar-54312384.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1e/40472312_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_2b0a3dca9ee8e821f6e0123b0fb14a93.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zelenskiy, ukraina armiyasi, g‘arb yordami, qurolli kuchlar, 800 ming askar, nato, tinchlik rejasi, aqsh, yei, mojaro, ukraina, rossiya, oreshnik raketasi, sanksiyalar
zelenskiy, ukraina armiyasi, g‘arb yordami, qurolli kuchlar, 800 ming askar, nato, tinchlik rejasi, aqsh, yei, mojaro, ukraina, rossiya, oreshnik raketasi, sanksiyalar
Zelenskiy: Ukraina 800 ming kishilik armiyani moliyalashtira olmaydi
11:48 21.12.2025 (yangilandi: 11:50 21.12.2025) Zelenskiy Ukraina armiyasi mojarodan so‘ng ham G‘arb yordamiga muhtoj bo‘lishini aytdi. Avvalroq u Rossiyaning “Oreshnik” raketasini yo‘q qilish imkoni yo‘qligini tan olgan edi
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Ukraina mojaro tugaganidan keyin 800 ming kishilik qurolli kuchlarni mustaqil ravishda moliyalashtira olmaydi, shuning uchun G‘arb hamkorlaridan bunday armiyani saqlashda moliyaviy ko‘mak so‘ramoqda. Bu haqda Vladimir Zelenskiy jurnalistning shu mavzuga doir savoliga javoban ma’lum qildi.
ma’lum qildi.
"Harbiylarimizning taklifi — 800 ming kishilik armiya. Ukraina o‘t ochishni to‘xtatgan taqdirda bunday armiyani moliyalashtirishga qodirmi? Yo‘q, qodir emas, moliyaviy resurs yetmaydi," — dedi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina armiyasini to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan saqlashga biroz vaqt kerak bo‘ladi.
"Shuning uchun men yetakchilar bilan muloqot qilyapman, chunki armiyamizni sheriklar hisobidan qisman moliyalashtirishni ko‘rib chiqapman," — deya qo‘shimcha qildi u.
New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina AQSh va YeI bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki xil hujjat ustida kelishuvga erishgan. Unga binoan, Kiyev tinchlik sharoitida 800 ming kishilik armiyani saqlashi mumkin. Shu bilan birga, AQSh bu raqamni 600 minggacha cheklashni taklif qilgan.
Washington Post esa Yevropa rasmiylari Ukraina harbiy salohiyatini cheklash va hududiy masalalar bo‘yicha alohida taklif tayyorlaganini ma’lum qilgan.
OAVda tarqalgan 28 banddan iborat tinchlik rejasiga ko‘ra:
Qrim, Donesk va Lugansk de-fakto Rossiya hududlari sifatida tan olinadi (shu jumladan AQSh tomonidan);
Xerson va Zaporojye viloyatlarida mojaro “kontakt chizig‘i bo‘yicha” muzlatiladi;
Ukraina NATOga a’zo bo‘lmaslik va yadrosiz davlat maqomida qolishni Konstitutsiyaga kiritadi.
Shuningdek, Zelenskiy avvalroq Rossiya tomonidan qo‘llanilgan "Oreshnik" raketa turi haqida to‘xtalib, uni yo‘q qilishning iloji yo‘qligini tan oldi. Uning ta’kidlashicha, bu qurolni to‘xtatishning yagona yo‘li — uni ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi korxonalarga qarshi sanksiyalar joriy etishdir.