https://oz.sputniknews.uz/20251221/cis-yaratilish-tarix-maqsadlar-54348847.html
MDH tashkil topganiga 34-yil to‘ldi: yaratilish tarixi va maqsadlari
MDH tashkil topganiga 34-yil to‘ldi: yaratilish tarixi va maqsadlari
Sputnik O‘zbekiston
1991 yilda tashkil etilgan MDHga bugun 34-yil to‘ldi. Olmaota deklaratsiyasi yangi davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni belgilagan hujjat bo‘ldi.
2025-12-21T10:23+0500
2025-12-21T10:23+0500
2025-12-21T10:24+0500
hamkorlik
o‘zbekiston
islom karimov
tarixiy sana
sssr
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/10/39987383_0:159:3077:1889_1920x0_80_0_0_a93522afd5be48325314a7e987ecc418.jpg
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. 1991-yil 21-dekabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida 11 ta sobiq sovet respublikasi rahbarlari tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni tuzish haqidagi Almaota deklaratsiyasi imzolangan edi.Shu kuni SSSR faoliyati rasman yakunlanib, yangi mustaqil davlatlar o‘rtasida demokratik hamkorlikni ta’minlash maqsadida mazkur tarixiy hujjat imzolandi.Almaota deklaratsiyasida davlatlar quyidagi prinsiplarga sodiq ekanligi qayd etilgan:Hamdo‘stlik a’zolari umumiy iqtisodiy makon yaratish, tinchlikni saqlash va strategik xavfsizlik sohalarida hamkorlik qilish niyatini bildirgan.Ukraina deklaratsiyani imzolagan bo‘lsa-da, MDHning 1994-yildagi ustavini rasman ratifikatsiya qilmagan.Shu tariqa, 15 ta sobiq sovet respublikasidan 11 tasi yangi siyosiy formatdagi hamkorlikka kelishib oldi. Boltiqbo‘yi davlatlari — Latviya, Litva va Estoniya MDHga a’zo bo‘lmagan. Gruziya 1993-yilda qo‘shilib, 2008-yilda undan chiqib ketgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251010/mdh-mirziyoev-52612279.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/10/39987383_173:0:2902:2047_1920x0_80_0_0_3be6b086b64b87d29544db25fc63d435.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mdh, sng, olmaota deklaratsiyasi, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, islom karimov, sssr tugashi, mdh tarixi, ukraina mdh, deklaratsiya 1991, yevroosiyo davlatlari, sobiq sovet ittifoqi, mdh a’zo davlatlar
mdh, sng, olmaota deklaratsiyasi, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, islom karimov, sssr tugashi, mdh tarixi, ukraina mdh, deklaratsiya 1991, yevroosiyo davlatlari, sobiq sovet ittifoqi, mdh a’zo davlatlar
MDH tashkil topganiga 34-yil to‘ldi: yaratilish tarixi va maqsadlari
10:23 21.12.2025 (yangilandi: 10:24 21.12.2025) 1991 yil 21-dekabr kuni MDHni tashkil etish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan edi. Bu tarixiy hujjat yangi mustaqil davlatlarni birlashtirgan siyosiy formatning boshlanishi bo‘ldi
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. 1991 yil 21-dekabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida 11 ta sobiq sovet respublikasi rahbarlari tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni tuzish haqidagi Almaota deklaratsiyasi
imzolangan edi.
Shu kuni SSSR faoliyati rasman yakunlanib, yangi mustaqil davlatlar o‘rtasida demokratik hamkorlikni ta’minlash maqsadida mazkur tarixiy hujjat imzolandi.
Almaota deklaratsiyasida davlatlar quyidagi prinsiplarga sodiq ekanligi qayd etilgan:
suverenitet va teng huquqlilik;
kuch ishlatmaslik va ichki ishlarga aralashmaslik;
inson huquqlari va milliy ozchiliklar huquqlarini hurmat qilish;
chegaralarning daxlsizligi va hududiy yaxlitlik.
Hamdo‘stlik a’zolari umumiy iqtisodiy makon yaratish, tinchlikni saqlash va strategik xavfsizlik sohalarida hamkorlik qilish niyatini bildirgan.
Deklaratsiyani O‘zbekiston nomidan o‘sha vaqtdagi prezident Islom Karimov imzoladi. Deklaratsiyani shuningdek, Azerbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina davlatlari imzolagan.
Ukraina deklaratsiyani imzolagan bo‘lsa-da, MDHning 1994-yildagi ustavini rasman ratifikatsiya qilmagan.
Shu tariqa, 15 ta sobiq sovet respublikasidan 11 tasi yangi siyosiy formatdagi hamkorlikka kelishib oldi. Boltiqbo‘yi davlatlari — Latviya, Litva va Estoniya MDHga a’zo bo‘lmagan. Gruziya 1993-yilda qo‘shilib, 2008-yilda undan chiqib ketgan.