https://oz.sputniknews.uz/20251220/tibbiy-tashkilotlarni-akkreditatsiyadan-otkazish-tizimi-ishga-tushdi-54339752.html
Tibbiy tashkilotlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimi ishga tushdi
Tibbiy tashkilotlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimi ishga tushdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda birinchi tibbiyot muassasasi akkreditatsiya oldi.
2025-12-20T16:17+0500
2025-12-20T16:17+0500
2025-12-20T16:33+0500
o‘zbekiston
tibbiyot muassasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/14/54339585_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a7e89ad7f115449f400b1bea182df876.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor tibbiyot tashkilotlarini Milliy akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimi amaliyotga joriy etildi, deb xabar qilmoqda SSV huzuridagi Tibbiyot muassasalarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi. Markaz direktori Jaloliddin Asamutdinov O‘zAga aytishiga ko‘ra, Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash bo‘yicha Milliy standartlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 5-avgustdagi 244-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Standartlar ISQua (International Society for Quality in Health Care) xalqaro talablari asosida, xalqaro va mahalliy ekspertlar hamkorligida ishlab chiqilgan bo‘lib, tibbiy xizmatlar sifatini global meyorlarga moslashtirishga qaratilgan.Akkreditatsiya jarayonlari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Markaz tomonidan Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash Milliy standartlari xalqaro talablar hamda mahalliy tajriba asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2025-yilda rasman tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/14/54339585_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_877d4fceab67e0514d24ef518a11c2d3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tibbiyot akkreditatsiya tizim
o‘zbekiston tibbiyot akkreditatsiya tizim
Tibbiy tashkilotlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimi ishga tushdi
16:17 20.12.2025 (yangilandi: 16:33 20.12.2025) Milliy akkreditatsiya – tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, bemorlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy tizimli mexanizm.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor tibbiyot tashkilotlarini Milliy akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimi amaliyotga joriy etildi, deb xabar qilmoqda SSV huzuridagi Tibbiyot muassasalarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi.
Markaz direktori Jaloliddin Asamutdinov O‘zAga
aytishiga ko‘ra, Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash bo‘yicha Milliy standartlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 5-avgustdagi 244-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Ushbu standartlar tibbiyot tashkilotlari faoliyatining barcha asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi. Xususan, yetakchilik va boshqaruv tizimi, bino va jihozlarning xavfsizligi, infeksion nazorat, klinik amaliyot va davolash jarayonlari, dori vositalari bilan ishlash, bemorlar huquqlarini himoya qilish, kadrlar boshqaruvi va malaka oshirish yo‘nalishlarini ham.
Standartlar ISQua (International Society for Quality in Health Care) xalqaro talablari asosida, xalqaro va mahalliy ekspertlar hamkorligida ishlab chiqilgan bo‘lib, tibbiy xizmatlar sifatini global meyorlarga moslashtirishga qaratilgan.
Akkreditatsiya jarayonlari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Markaz tomonidan Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash Milliy standartlari xalqaro talablar hamda mahalliy tajriba asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2025-yilda rasman tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi.