Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari ikkita aholi punktini ozod qildi

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishOtrabotka boyevogo slajivaniya voyennoslujashimi 114-y otdelnoy gvardeyskoy motostrelkovoy brigadi gruppirovki "Sentr"
Otrabotka boyevogo slajivaniya voyennoslujashimi 114-y otdelnoy gvardeyskoy motostrelkovoy brigadi gruppirovki Sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya qurolli kuchlari Sumi viloyatidagi Visokoe va DXRdagi Svetloe aholi punktlarini ozod qildi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Rossiya armiyasi Sumi viloyatidagi Visokoe va DXRdagi Svetloe aholi punktlarini nazorat ostiga oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Ushbu hudduda Ukraina Qurolli Kuchlari 200 ga yaqin askar, zirhli jangovar mashina, 15 ta transport vositasi, artilleriya quroli, radioelektron kurash stansiyasi va beshta omborni yo‘qotdi.
"Markaz" guruhi jangchilari shuningdek, DXRdagi Svetloe aholi punktini egallab olishdi va Dimitrovda qamal qilingan dushmanni yo‘q qilishda davom etishdi.
Bu shahar dekabr oyining boshida ozod qilingan Krasnoarmeysk bilan yagona aglomeratsiyani tashkil qiladi. Bir kun oldin prezident Vladimir Putin qo‘shinlar Dimitrovni to‘liq qurshab olganini va allaqachon hududning 50 foizini nazoratga olganini e’lon qildi.
"Markaz" qo‘shinlari jang olib borayotgan hududda Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 525 nafar askar, 14 ta transport vositasi, beshta zirhli jangovar mashina, uchta dala artilleriya qurilmasi va bitta radioelektron kurash stansiyasini tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0