https://oz.sputniknews.uz/20251220/rossiya-afrika-bilan-teng-huquqli-munosabatlarni-rivojlantiradi--putin-54341434.html
Rossiya Afrika bilan teng huquqli munosabatlarni rivojlantiradi — Putin
Rossiya Afrika bilan teng huquqli munosabatlarni rivojlantiradi — Putin
Sputnik O‘zbekiston
Bugun Qohirada vazirlar darajasida "Rossiya-Afrika" forumi bo‘lib o‘tdi. 20.12.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-12-20T17:26+0500
2025-12-20T17:26+0500
2025-12-20T18:10+0500
rossiya
afrika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/08/52555121_0:171:3031:1876_1920x0_80_0_0_14d5e333dbe99145934568568bfb0780.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Moskva Afrika bilan hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya-Afrika" forumi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida. Prezident qit’a global siyosatda tobora muhim rol o‘ynayotganini, Rossiya va Afrika hali ham foydalanilmagan katta savdo salohiyatiga ega ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Moskva hamkorlikni, jumladan, Afrika mamlakatlarining xavfsizligini ta’minlash borasida ham faollashtirishga tayyor ekanini aytib o‘tdi.Rossiya prezidenti murojaatini ishtirokchilarga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘qib eshittirdi.Bugun Qohirada vazirlar darajasida "Rossiya-Afrika" forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tashqi ishlar vazirliklari, davlatlar va qit’a integratsiya uyushmalarining ijro etuvchi organlari rahbarlari ishtirok etmoqda. Ular turli sohalardagi hamkorlikni muhokama qilishdi. Rossiya-Afrika hamkorlik forumi 2019-yilda tashkil etilgan. U ikkita sammitga — 2019-yilda Sochida va 2023-yilda Sankt-Peterburgda — hamda o‘tgan yilning noyabr oyida birinchi vazirlar konferensiyasiga mezbonlik qildi.
afrika
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/08/52555121_151:0:2880:2047_1920x0_80_0_0_3f9f0b842d71fe69bd6039f81f235c4f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, afrika
Rossiya Afrika bilan teng huquqli munosabatlarni rivojlantiradi — Putin
17:26 20.12.2025 (yangilandi: 18:10 20.12.2025) Bugun Qohirada vazirlar darajasida "Rossiya-Afrika" forumi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Moskva Afrika bilan hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya-Afrika" forumi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida.
"Rossiya Federatsiyasi afrikalik sheriklari bilan do‘stona, to‘liq teng huquqli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi", - deyiladi murojaatda.
Prezident qit’a global siyosatda tobora muhim rol o‘ynayotganini, Rossiya va Afrika hali ham foydalanilmagan katta savdo salohiyatiga ega ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Moskva hamkorlikni, jumladan, Afrika mamlakatlarining xavfsizligini ta’minlash borasida ham faollashtirishga tayyor ekanini aytib o‘tdi.
Rossiya prezidenti murojaatini ishtirokchilarga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘qib eshittirdi.
Bugun Qohirada vazirlar darajasida "Rossiya-Afrika" forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tashqi ishlar vazirliklari, davlatlar va qit’a integratsiya uyushmalarining ijro etuvchi organlari rahbarlari ishtirok etmoqda. Ular turli sohalardagi hamkorlikni muhokama qilishdi.
Rossiya-Afrika hamkorlik forumi 2019-yilda tashkil etilgan. U ikkita sammitga — 2019-yilda Sochida va 2023-yilda Sankt-Peterburgda — hamda o‘tgan yilning noyabr oyida birinchi vazirlar konferensiyasiga mezbonlik qildi.