Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlari qayerlarda nishonlanadi — manzillar

© Sputnik / Avenir DeberdeyevNovogodnyaya yolka na territorii Parka Magic city v Tashkente
Novogodnyaya yolka na territorii Parka Magic city v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2025
Obuna bo‘lish
Asosiy bayram tadbirlari 2025-yil 25-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargacha har kuni 11:00 dan 23:00 ga qadar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydonida bo‘lib o‘tadi
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Toshkentda Yangi yil bayramini nishonlash munosabati bilan qator madaniyat va istirohat maskanlarida bayram tadbirlari tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bayram tadbirlari quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:

Yunusobod tumani

— Rixsiliy 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi (“Yunusobod Gallery” majmuasi)
25 dekabr – 10-yanvar, soat 17:00–21:00

Bektemir tumani

— “Compass” savdo majmuasi
25 dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00
— “Coca-Cola Garden” bog‘i
25 dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00

Mirobod tumani

— Taras Shevchenko 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi
21 dekabr – 4-yanvar, soat 16:00–22:00

Mirzo Ulug‘bek tumani

— “Central Park”
25 dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00
— “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududi
25 dekabr – 10-yanvar, soat 16:00–22:00

Sergeli tumani

— Sug‘diyona va Jaloyir ko‘chalari bo‘ylab 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi, Yangi Sergeli istirohat bog‘i
25 dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00

Olmazor tumani

— “Asia.uz” supermarketi avtoturargohi (sobiq Nukus kinoteatri)
25 dekabr – 10-yanvar, soat 16:00–22:00

Uchtepa tumani

— Uchtepa tumani hokimligi oldi qismi
25 dekabr – 5-yanvar, soat 16:00–20:00

Chilonzor tumani

— “Dream Park” (“G‘afur G‘ulom”) madaniyat va istirohat bog‘i
25 dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00
— “Humo Arena” muz saroyi oldi maydoni
25 dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–23:00
— “Magic City” bog‘i
20 dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–23:00
— Al-Xorazmiy 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi
25 dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00

Shayxontohur tumani

— “Anhor Lokomotiv” bog‘i
25 dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00
— “Tashkent City” majmuasi
21 dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–23:00

Yashnobod tumani

— “Ashxobod” sayilgohi
25 dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–20:00

Yakkasaroy tumani

— “Next” savdo majmuasi
25 dekabr – 10-yanvar, soat 16:00–22:00
— Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita pavilonlari hududi
25–30 dekabr, soat 16:00–19:00

Yangihayot tumani

— Mehrigiyo 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi
25 dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00
Parad konnoy kavalerii v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2025
Toshkentda "Otliq kavaleriya paradi" bo‘lib o‘tdi — foto
Yangiliklar lentasi
0