Buzilgan huquqni tiklash imkoniyati oshiriladi: Konstitutsiyaviy sudga oid farmon qabul qilindi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMolotok sudi
Molotok sudi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2025
Obuna bo‘lish
Hujjat fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytiradi.
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. O‘zbekistonda shaxslarning murojaatlari (shikoyatlari)ni ko‘rib chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish, ortiqcha burokratik to‘siqlar va ovoragarchiliklarni bartaraf etish nazarda tutilmoqda. Konstitutsiyaviy sud faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
Farmonning ustuvor maqsadi sifatida fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish, shuningdek, buzilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tiklash imkoniyatlarini kengaytirish belgilandi.
Konstitutsiyaviy sudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish huquqiga ega bo‘lmagan fuqaro yoki yuridik shaxs tomonidan yo‘llangan murojaat mazkur sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan tegishli subyektga yuboriladi.
Agar murojaat qilish huquqiga ega subyekt tomonidan shaxs murojaatida ko‘tarilgan masala Konstitutsiyaviy sudga kiritilmasa, muallifga bu masalani kiritish uchun asos mavjud emasligi yozma ravishda tushuntiriladi va bu haqda Konstitutsiyaviy sudga axborot taqdim etiladi.
Konstitutsiyaviy shikoyat instituti doirasida:
muayan ish bo‘yicha sud tomonidan qo‘llanilgan qonun Konstitutsiyaviy sud tomonidan Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilgan taqdirda, sud hujjatini belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘ladi;
muayan ish bo‘yicha qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligi masalasi sudlar tashabbusi bilan Oliy sud orqali Konstitutsiyaviy sudga kiritilgan hollarda, tegishli ish yuzasidan sudda ish yurituvi to‘xtatilishi nazarda tutiladi.
Natsionalniy sentr po pravam cheloveka i PROON podpisali memorandum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2025
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz va BMTning UNDP tashkiloti memorandum imzoladi
Yangiliklar lentasi
0