https://oz.sputniknews.uz/20251219/homiladorlik-tugish-nafaqalari-tayinlash-tartibi-54308419.html
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash tartibi ma’lum
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash tartibi ma’lum
Sputnik O‘zbekiston
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi bo‘yicha to‘lovlar mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha davr uchun, biroq 1 kalendar yil davomida 182 kalendar kundan oshmagan qismi uchun amalga oshiriladi. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa miqdorini hisoblashda sug‘urtalangan shaxsning sug‘urta stajiga mutanosib ravishda o‘rtacha oylik ish haqiga quyidagi staj koeffitsiyenti qo‘llaniladi:
2025-12-19T14:41+0500
2025-12-19T14:41+0500
2025-12-19T14:41+0500
jamiyat
o‘zbekiston
nafaqa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0c/45618111_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_2b997644df3d8fa766d53f04fe58233a.jpg
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. O‘zbekiston Hukumat qarori bilan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, sug‘urta hodisalari yuzaga kelganda sug‘urtalangan shaxslarga quyidagi to‘lovlar to‘lanadi:Sug‘urtalangan shaxslarga sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda, to‘lovlar quyidagi shartlarga asosan tayinlanadi:Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi bo‘yicha to‘lovlar mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha davr uchun, biroq 1 kalendar yil davomida 182 kalendar kundan oshmagan qismi uchun amalga oshiriladi.Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa miqdorini hisoblashda sug‘urtalangan shaxsning sug‘urta stajiga mutanosib ravishda o‘rtacha oylik ish haqiga quyidagi staj koeffitsiyenti qo‘llaniladi:Sug‘urtalangan shaxslarga tayinlangan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni to‘lash moliyaviy agent tomonidan amalga oshiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251105/ijtimoiy-sugurta-tolovlar-staj-badal-53250713.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0c/45618111_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_d174c426583673934111b742f27b5a65.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik homiladorlik tug‘ish nafaqalari tayinlash tartibi olish ma’lumot qonun
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik homiladorlik tug‘ish nafaqalari tayinlash tartibi olish ma’lumot qonun
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash tartibi ma’lum
2026 yil 1-yanvardan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, 2026-yil 1-iyuldan esa vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lanadi.
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. O‘zbekiston Hukumat qarori bilan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom
tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, sug‘urta hodisalari yuzaga kelganda sug‘urtalangan shaxslarga quyidagi to‘lovlar to‘lanadi:
2026 yil 1-yanvardan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi;
2026 yil 1-iyuldan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi.
Sug‘urtalangan shaxslarga sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda, to‘lovlar quyidagi shartlarga asosan tayinlanadi:
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni olish huquqi quyidagi davrlardan birida yuzaga kelganda:
sug‘urtalangan shaxslar ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan davrda;
yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida xizmat ko‘rsatayotgan davrda;
qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa rasmiy faoliyat bilan band bo‘lgan davrda;
homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olish uchun kamida 10 oy, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun kamida 6 oy sug‘urta staji mavjud bo‘lsa.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi bo‘yicha to‘lovlar mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha davr uchun, biroq 1 kalendar yil davomida 182 kalendar kundan oshmagan qismi uchun amalga oshiriladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa miqdorini hisoblashda sug‘urtalangan shaxsning sug‘urta stajiga mutanosib ravishda o‘rtacha oylik ish haqiga quyidagi staj koeffitsiyenti qo‘llaniladi:
10 oydan 24 oygacha (24-oy ham kiradi) sug‘urta stajiga ega bo‘lganda – 75 foiz;
25 oydan 60 oygacha (60-oy ham kiradi) sug‘urta stajiga ega bo‘lganda – 85 foiz;
61 va undan ortiq oy sug‘urta stajiga ega bo‘lganda – 100 foiz.
Sug‘urtalangan shaxslarga tayinlangan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni to‘lash moliyaviy agent tomonidan amalga oshiriladi.