Eko-stikerlarga izoh berildi: gibrid va 3-yildan oshmagan avtomobillar toza toifaga kiradi

© Sputnik / Baxrom XatamovAvtomobilnoe dvijenie po ulitse Buyuk Ipak Yuli
Avtomobilnoe dvijenie po ulitse Buyuk Ipak Yuli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2025
Obuna bo‘lish
Ekologik stikerlar joriy etilishi hamda transport vositalarining tashlamalarini tartibga solishga oid yangi tartib va qoidalar yuzasidan tushuntirish berildi
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi “Ekologik transport” tizimi joriy etilishi munosabati bilan transport vositalarini ekologik toifa va sinflarga ajratish hamda ekologik stikerlar berish tartibiga oid qoidalar yuzasidan tushuntirish berdi.
Qayd etilishicha, ekologik stiker mutlaqo bepul bo‘lib, transport vositasining ekologik toifasini tasdiqlovchi elektron ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yorliq hisoblanadi.
Ekologik stikerlar uch xil rangda bo‘ladi:
Yashil — “toza” ekologik daraja;
Sariq — “o‘rtacha” ekologik daraja;
Qizil — “zararli” ekologik daraja.
Qo‘llanilmaydigan transport vositalari
Mazkur nizom talablari quyidagi transport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
• tranzit orqali harakatlanayotgan transportlar;
• O‘zbekiston hududida 90 kungacha vaqtincha bo‘lib turgan transport vositalari;
• elektromobillar va elektromototsikllar;
• motosikl, skuter, moped va uch g‘ildirakli transportlar;
• tezkor va maxsus xizmat transportlari;
• jamoat transporti (taksi va yo‘nalishli taksidan tashqari);
• qishloq xo‘jaligi texnikalari;
• “nogironligi bo‘lgan shaxs” belgisi o‘rnatilgan transport vositalari.
Ekologik toifa qanday aniqlanadi?
Transport vositasining ekologik toifasi:
• ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan ekologik sinf (“Yevro” standartlari) asosida;
• ekologik sinfi aniqlanmagan holatlarda esa diagnostika tekshiruvlari natijalariga ko‘ra belgilanadi.
Diagnostika tekshiruvlari IIV huzuridagi maxsus ekologik operatorlar tomonidan o‘tkaziladi hamda barcha ma’lumotlar “Avtomototransport hisobi” yagona elektron tizimida qayd etiladi.
“Yevro” standartlari bo‘yicha taqsimot
Benzin va gazda ishlovchi transportlar:
“Yevro-2” va undan yuqori — toza;
“Yevro-0” va “Yevro-1” — o‘rtacha.
Dizel yoqilg‘ili transportlar:
“Yevro-4” va undan yuqori — toza;
“Yevro-3” — o‘rtacha;
“Yevro-0”, “Yevro-1”, “Yevro-2” — zararli.
Shuningdek, gibrid transport vositalari hamda 3-yildan oshmagan avtomobillar avtomatik ravishda “toza” toifaga kiritiladi.
Eko-stiker qayerda va qanday beriladi?
• foydalanishda bo‘lgan transportlar uchun — ixtiyoriy murojaat asosida;
• transport vositasini ro‘yxatga olish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida — avtomatik ravishda, bepul.
Stiker old oynaning pastki o‘ng burchagiga, ichki tomondan yopishtiriladi.
Ekologik stikerlar muddatsiz beriladi. Biroq quyidagi holatlarda u qayta rasmiylashtiriladi:
• transport egasi yoki davlat raqami o‘zgarganda;
• old oyna almashtirilganda;
• stiker shikastlanganda yoki o‘qilmas holga kelganda.
Qayta diagnostika va to‘lov
Transport vositasi egasi:
• yiliga bir marta bepul qayta diagnostika o‘tkazib, ekologik toifani yaxshilash huquqiga ega;
• takroriy tekshiruvlar esa bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida to‘lov evaziga amalga oshiriladi.
Transportnoe dvijenie po ulitse Buyuk Ipak Yuli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
Avtotransportlarga ekologik stikerlar beriladi – tartib ma’lum
Yangiliklar lentasi
0