Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Oliy Rada deputati: Donbassdan Ukraina qo‘shinlari olib chiqilishi ijobiy natija bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVneocherednoe zasedanie Verxovnoy radi Ukraini
Vneocherednoe zasedanie Verxovnoy radi Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2025
Obuna bo‘lish
Ukraina Oliy radasi deputati Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqilishi muzokaralarning og‘riqli, ammo ijobiy natijasi bo‘lishi mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Vladimir Zelenskiyning "Xalq xizmatkori" partiyasidan Ukraina Oliy radasi deputati Georgiy Mazurashu Ukraina Qurolli kuchlarining DXRning Kiyev nazorati ostidagi qismidan ehtimoliy olib chiqilishi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarning "og‘riqli, ammo ijobiy natijasi" bo‘lishi mumkinligini aytdi.
O‘tgan yakshanba kuni Berlinda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff, AQSh prezidentining kuyovi Jared Kushner hamda Vladimir Zelenskiy ishtirokida Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Keyinroq Uitkoff Berlinda Ukraina delegatsiyasi bilan 20 ta banddan iborat reja muhokama qilinganini va kelishuv mavzusida muayan oldinga siljish bo‘lganini ma’lum qildi.
"Men buni og‘riqli deb baholashim mumkin, lekin umuman olganda, bizning voqeligimizda muzokaralarning ijobiy natijasi, chunki biz keyingi hududiy yo‘qotishlargacha borishimiz mumkin", — dedi Mazurashu ukrainalik teleboshlovchi Lana Shevchuk bilan suhbatda Ukraina qo‘shinlarining Donbassdan olib chiqilishi taslim bo‘lish hisoblanadimi, degan savolga javob berar ekan.
Deputat bu holatni Ukraina uchun taslim bo‘lish deb baholamaslik kerakligini ta’kidlab, Qurolli kuchlar hozirda shaxsiy tarkib va qurol-yarog‘ bo‘yicha jiddiy tanqislikka duch kelayotganini qayd etdi.
2 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Stiv Uitkoff va Jared Kushnerni qabul qildi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov muzokaralarni mazmunli deb atab, Moskva va Vashington o‘rtasidagi aloqalar davom etishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasining jang maydonidagi muvaffaqiyatlari muzokaralarning borishi va xarakteriga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Kiyev hokimiyati qaror qabul qilishi va muzokaralarni boshlashi kerakligini ta’kidlab, harbiy harakatlar davom etar ekan, Kiyevning qaror qabul qilish imkoniyatlari tobora qisqarayotganini aytdi.
Vladimir Zelenskiy vistupayet v Kiyeve 3-aprelya 2022 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy Ukraina Qrimni qaytarolmasligi va NATOga kirish umidi kamligini tan oldi
Yangiliklar lentasi
0