Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Frontdan qaytgan harbiylar sabab Ukrainada fuqarolar urushi boshlanishi mumkin — Zalujniy

© AP Photo / Efrem LukatskyGlavkom Ukraini Valeriy Zalujniy
Glavkom Ukraini Valeriy Zalujniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2025
Obuna bo‘lish
Ukrainada harbiylarning urushdan keyingi taqdiri milliy xavfsizlikka jiddiy tahdidga aylanishi mumkin. Zalujniy harbiylarni jamiyatga qayta integratsiya qilish muammolari haqida ogohlantirdi
TOShKENT, 17 dek — Sputnik.Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni, hozirda Buyuk Britaniyadagi Ukraina elchisi Valeriy Zalujniy frontdan harbiylarning ommaviy ravishda qaytishi va ularni jamiyatga qayta integratsiya qilishdagi qiyinchiliklar mamlakatda fuqarolar urushi xavfini keltirib chiqarishi mumkinligini bildirdi.
Uning aytishicha, ushbu muammolar Ukrainada siyosiy beqarorlik va milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid tug‘dirishi ehtimoli bor. Zalujniy bu haqda Novini.LIVE telekanali efirida so‘z yuritdi.
“Bularning barchasi Ukrainada siyosiy beqarorlik xavfini kuchaytiradi va milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin. Masalan, fuqarolar urushi kabi”, — dedi u.
Zalujniy Ikkinchi jahon urushi va Afg‘onistondagi harbiy harakatlar tajribasini eslab, urushdan qaytgan harbiylarni jamiyatga moslashtirish masalasiga yetarlicha e’tibor berilmasa, og‘ir oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini ta’kidladi.

“Bir millionga yaqin harbiy xizmatchining qaytishi mamlakat, fuqarolik jamiyati va eng avvalo, harbiylarning o‘zlari uchun juda katta chaqiriq bo‘ladi”, — dedi diplomat.

Shu bilan birga, Ukraina Oliy Radasining milliy xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mitasi kotibi Roman Kostenko Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi qochqinlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni, jumladan, ayrim konstitutsiyaviy huquqlarni cheklash masalasini ko‘targanini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, dekabr oyida Ukraina Bosh prokuraturasi harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tark etish va dezertirlikka oid jinoyat ishlari statistikasini ochiq e’lon qilishni to‘xtatgan.
Avvalroq Kostenko noyabr oyida Ukrainada safarbar etilganlarning qariyb 80 foizi o‘quv markazlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qochib ketganini, mamlakatda dezertirlar soni millionlab ekanini va bu ko‘rsatkichlar tez orada armiya umumiy soniga yaqinlashishi mumkinligini aytgan edi.
Zdanie Verxovnoy radi Ukraini v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina 2022-yildan beri eng og‘ir davrni boshdan kechirmoqda — Oliy Rada deputati
Yangiliklar lentasi
0