Ayrim hududlarda bir martalik plastikdan foydalanish taqiqlanishi mumkin

© AP Photo / Eric RisbergJenshini s polietilenovimi paketami. Arxivnoe foto
Jenshini s polietilenovimi paketami. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2025
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ekologik toza hududlarning maqomini belgilash hamda bir martalik plastik mahsulotlar muomalasini cheklashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ekologik toza hududlarning huquqiy maqomini belgilash hamda plastik mahsulotlar muomalasini tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, toza hudud rejimi joriy etilgan hududlarda ekologik tizimlar barqarorligini buzishi yoki tabiiy landshaftlar ko‘rinishini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Shuningdek, tabiiy organik polimer mahsulotlardan tashqari bir martalik plastik mahsulotlar muomalasini cheklash nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, polietilen polimer plonkali paketlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.
Qonun loyihasini deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilishdi.
Transportnoe dvijenie po ulitse Buyuk Ipak Yuli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
Avtotransportlarga ekologik stikerlar beriladi – tartib ma’lum
Yangiliklar lentasi
0