Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga bormoqda: qanday tadbirlar ko‘zda tutilgan?

© Sputnik / Sgenerirovano IIFlagi Uzbekistana i Yaponii
Flagi Uzbekistana i Yaponii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2025
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi O‘zbekiston–Aponiya strategik sherikligini chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik va investitsiya loyihalarini kengaytirishga qaratilgan.
TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi taklifiga binoan 18–20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
— Tokio shahrida Yaponiya imperatori Naruxito bilan uchrashuv;
— Bosh vazir Sanae Takaichi bilan oliy darajadagi muzokaralar;
— Yaponiya parlamenti rahbariyati, hukumat a’zolari va siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuvlar;
— Yaponiyaning yetakchi universitetlari rektorlari bilan ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida muloqot;
— yirik yapon kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan ishbilarmonlik uchrashuvlari;
— savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va investitsiya loyihalarini ilgari surish masalalarini muhokama qilish;
— O‘zbekiston–Aponiya hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash.
Shuningdek:
— Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti davlat rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi;
— sammit doirasida “yashil iqtisodiyot”, barqaror taraqqiyot, mintaqaviy sheriklik va inson resurslarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi;
— tadbir yakunlari bo‘yicha Tokio deklaratsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Prezident Uzbekistana 27-avgusta prinyal delegatsiyu vo glave s ministrom inostrannix del Yaponii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2025
Prezident Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0