https://oz.sputniknews.uz/20251217/aholi-baholash-xizmat-davlat-xodim-54226268.html
Aholi tomonidan baholash: yaxshi xizmat ko‘rsatmagan davlat xodimi chetlatilishi mumkin
Aholi tomonidan baholash: yaxshi xizmat ko‘rsatmagan davlat xodimi chetlatilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat xizmatlari sifati aholi tomonidan baholanadi. Fuqarolar QR-kod orqali 1 dan 5 gacha baho qo‘yadi, reytinglar YaIDXPda e’lon qilinadi.
2025-12-17T12:01+0500
2025-12-17T12:01+0500
2025-12-17T12:20+0500
yaidxp
o‘zbekiston
jamiyat
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/11/54228392_0:321:2894:1949_1920x0_80_0_0_ba2be12dd48acaf7e15458c92c96599f.jpg
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. O‘zbekistonda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati aholi tomonidan baholanadi: fuqarolar xizmatdan foydalanganidan so‘ng maxsus QR-kodni skaner qilib, belgilangan mezonlar asosida 1 dan 5 gacha baho va fikr qoldiradi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.Nizomga muvofiq, davlat xizmatidan foydalangan fuqarolar xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng maxsus QR-kodni skaner qilish orqali belgilangan mezonlar asosida 1 dan 5 gacha baho qo‘yadi va o‘z fikr-mulohazalarini qoldirishi mumkin.Davlat xizmatlarini baholashda quyidagi asosiy mezonlar inobatga olinadi:Qoldirilgan 3 yoki undan past baho, shuningdek salbiy fikrlar davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida avtomatik tarzda tegishli vakolatli organlarga hamda Adliya vazirligiga yuboriladi. Agar baholash natijalarida ijobiy o‘zgarishga erishilmasa, Adliya vazirligi tomonidan mas’ul xodimlarni davlat xizmatlari ko‘rsatishdan chetlashtirish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan vakolatli organga taqdimnoma kiritiladi.Shuningdek, baholash natijalari asosida davrlar kesimida, vakolatli organlar hamda hududlar (viloyatlar va tuman/shaharlar) bo‘yicha reyting shakllantiriladi. Ushbu reytinglar har chorak, yarim yillik va yil yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) e’lon qilib boriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251215/qaror-yagona-darcha-tadbirkorlar-54182878.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/11/54228392_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_265d648160bade2d838fbdd16ef6264b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlat xizmatlari, davlat xizmatlari sifati, qr-kod baholash, adliya vazirligi, yaidxp, davlat xizmatlarini baholash, o‘zbekiston hukumat qarori, fuqarolar fikri, davlat organlari reytingi
davlat xizmatlari, davlat xizmatlari sifati, qr-kod baholash, adliya vazirligi, yaidxp, davlat xizmatlarini baholash, o‘zbekiston hukumat qarori, fuqarolar fikri, davlat organlari reytingi
Aholi tomonidan baholash: yaxshi xizmat ko‘rsatmagan davlat xodimi chetlatilishi mumkin
12:01 17.12.2025 (yangilandi: 12:20 17.12.2025) Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar xizmatdan foydalanganidan so‘ng 1 dan 5 gacha baho qo‘yadi va fikr qoldirishi mumkin
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. O‘zbekistonda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati aholi tomonidan baholanadi: fuqarolar xizmatdan foydalanganidan so‘ng maxsus QR-kodni skaner qilib, belgilangan mezonlar asosida 1 dan 5 gacha baho va fikr qoldiradi. Hukumat qarori bilan tegishli
nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, davlat xizmatidan foydalangan fuqarolar xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng maxsus QR-kodni skaner qilish orqali belgilangan mezonlar asosida 1 dan 5 gacha baho qo‘yadi va o‘z fikr-mulohazalarini qoldirishi mumkin.
Davlat xizmatlarini baholashda quyidagi asosiy mezonlar inobatga olinadi:
xizmat ko‘rsatish sifati;
xizmatning o‘z vaqtida ko‘rsatilgani;
xizmatdan foydalanish imkoniyati va qulayligi.
Qoldirilgan 3 yoki undan past baho, shuningdek salbiy fikrlar davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida avtomatik tarzda tegishli vakolatli organlarga hamda Adliya vazirligiga yuboriladi.
Mazkur holatlarga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlar vakolatli organlar tomonidan o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Agar baholash natijalarida ijobiy o‘zgarishga erishilmasa, Adliya vazirligi tomonidan mas’ul xodimlarni davlat xizmatlari ko‘rsatishdan chetlashtirish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan vakolatli organga taqdimnoma kiritiladi.
Shuningdek, baholash natijalari asosida davrlar kesimida, vakolatli organlar hamda hududlar (viloyatlar va tuman/shaharlar) bo‘yicha reyting shakllantiriladi. Ushbu reytinglar har chorak, yarim yillik va yil yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) e’lon qilib boriladi.