O‘zbekistonda ilk tarixiy-madaniy atlasni yaratish yakunlanmoqda

© Sentr islamskoy sivilizatsii v UzbekistaneZavershayetsya sozdanie pervogo v Uzbekistane istoriko-kulturnogo atlasa
Zavershayetsya sozdanie pervogo v Uzbekistane istoriko-kulturnogo atlasa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tarixida ilk marotaba sulolalar kesimida siyosiy va madaniy jarayonlarni qamrab olgan tarixiy-madaniy atlas yaratilmoqda. Loyiha 39 ta ilmiy xarita asosida amalga oshirilmoqda
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Sulolalarning hududiy chegaralari asosida siyosiy va madaniy jarayonlarni uyg‘un aks ettirgan holda O‘zbekiston tarixida ilk bor mamlakatning tarixiy-madaniy atlasi yaratilmoqda.
Loyiha Islom sivilizatsiyasi markazi muzey ekspozitsiyasi uchun tayyorlangan 39 ta siyosiy-madaniy xarita asosida amalga oshirilmoqda. Xaritalar tosh davridan XX asrgacha bo‘lgan davrlarni qamrab olib, sulolalar, madaniy markazlar, savdo yo‘llari va tarixiy yodgorliklar kesimida ishlab chiqilgan.
Ayni paytda atlasning asosiy qismi shakllantirilgan bo‘lib, olimlar va soha mutaxassislari ishtirokida yakuniy muhokamalar olib borilmoqda.
© Sentr islamskoy sivilizatsii v UzbekistaneZavershayetsya sozdanie pervogo v Uzbekistane istoriko-kulturnogo atlasa
Zavershayetsya sozdanie pervogo v Uzbekistane istoriko-kulturnogo atlasa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2025
Zavershayetsya sozdanie pervogo v Uzbekistane istoriko-kulturnogo atlasa
Xaritalarda qadimgi Turon zaminining siyosiy manzarasi, xalqlar o‘rtasidagi aloqalar va savdo yo‘llari aks ettirilgan. Jumladan, paleolit davri, bronza davri madaniyatlari, Baqtriya, Sug‘d, Xorazm, Farg‘ona hamda Kushonlar, Turk hoqonligi, Eftaliylar va O‘zbek xonliklari davrlari qamrab olingan.
Shuningdek, har bir xarita uchun alohida ilmiy izoh va sharhlar tayyorlash rejalashtirilmoqda. Qayd etilishicha, tarixiy xaritalar bilan ishlash jarayoni murakkab bo‘lib, ilmiy bahs-munozaralar bilan kechmoqda.
Toshkentda Rossiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi madaniy va tarixiy aloqalar haqidagi kitob taqdim etildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2025
Matbuot markazi
Toshkentda Rossiya va MO madaniy hamda tarixiy aloqalari haqidagi nashr taqdim etildi - video
Yangiliklar lentasi
0