https://oz.sputniknews.uz/20251214/afghanistan-yigilish-qatnashmaslik-izoh-54157593.html
Kobul Tehrondagi Afg‘oniston yig‘ilishida qatnashmaydi — rasmiy izoh berildi
Kobul Tehrondagi Afg‘oniston yig‘ilishida qatnashmaydi — rasmiy izoh berildi
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston Tehrondagi mintaqaviy uchrashuvga taklif qilingan, ammo ishtirok etmaslikka qaror qildi. Tolibon hukumati buni mavjud formatlar yetarli, deya izohladi.
2025-12-14T10:43+0500
2025-12-14T10:43+0500
2025-12-14T10:48+0500
o‘zbekiston
eron
kobul
uchrashuv
tashqi siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1a/26531089_0:143:2736:1682_1920x0_80_0_0_6240ad6c953b20c5b9f7e219fa8c288d.jpg
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Kobul dekabr oyi o‘rtalarida Tehronda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy uchrashuvda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Garchi taklif berilgan bo‘lsa-da, Afg‘oniston hukumati uchrashuvda ishtirok etmaslikka qaror qildi.Eron Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Ismoil Bag‘aiy xabar berishicha, kelasi hafta Tehronda Rossiya, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston ishtirokidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Afg‘oniston TIV matbuot kotibi o‘rinbosari Hafiz Ziyo Ahmad Takalning aytishicha, mamlakat Tehrondagi uchrashuvga taklif etilgan, biroq mintaqa uchun yetarli mintaqaviy platformalar mavjudligi tufayli unda ishtirok etmaslikka qaror qilingan.
https://oz.sputniknews.uz/20251124/afghanistan-korgazma-kelishuvlar-53699626.html
o‘zbekiston
eron
kobul
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1a/26531089_152:0:2584:1824_1920x0_80_0_0_a84b65ecc7035a8067110d345c09f840.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘oniston, tehron uchrashuvi, tolibon, iea, mintaqaviy hamkorlik, pokiston tolibon, eron tiv, tashqi ishlar, afg‘oniston siyosati
afg‘oniston, tehron uchrashuvi, tolibon, iea, mintaqaviy hamkorlik, pokiston tolibon, eron tiv, tashqi ishlar, afg‘oniston siyosati
Kobul Tehrondagi Afg‘oniston yig‘ilishida qatnashmaydi — rasmiy izoh berildi
10:43 14.12.2025 (yangilandi: 10:48 14.12.2025) Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Tolibon harakati atrofida yuzaga kelgan keskin vaziyat fonida barqarorlikni muhokama qilish ko‘zda tutilgan yig‘ilishda Kobul ishtirok etmasligini ma’lum qildi
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Kobul dekabr oyi o‘rtalarida Tehronda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy uchrashuvda ishtirok etmasligini
ma’lum qildi.
Garchi taklif berilgan bo‘lsa-da, Afg‘oniston hukumati uchrashuvda ishtirok etmaslikka qaror qildi.
Eron Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Ismoil Bag‘aiy xabar berishicha, kelasi hafta Tehronda Rossiya, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston ishtirokidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.
Afg‘oniston TIV matbuot kotibi o‘rinbosari Hafiz Ziyo Ahmad Takalning aytishicha, mamlakat Tehrondagi uchrashuvga taklif etilgan, biroq mintaqa uchun yetarli mintaqaviy platformalar mavjudligi tufayli unda ishtirok etmaslikka qaror qilingan.
"IEA (Islom Amirligi Afg‘oniston) mintaqaning barcha mamlakatlari bilan mintaqaviy tashkilotlar, formatlar va ikki tomonlama mexanizmlar orqali doimiy faol aloqalarni qo‘llab-quvvatlaydi va mintaqaviy o‘zaro tushunish va hamkorlikni ilgari surishda sezilarli amaliy yutuqlarga erishdi. Tashqi ishlar vazirligi mavjud mintaqaviy formatlarni mustahkamlash orqali mintaqaviy o‘zaro tushunish va hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonadi", – dedi u.